Turkiya tashqi qarzlarining tarixi
Turkiya tashqi qarzlarining tarixi, Usmonli davriga borib taqaladi. Chunki yosh respublika ana shu qarzlarni to'lashni ham o'z bo'yniga olgan edi.
Tashqi qarzlarning tarixi
1683-yilda Vena qamali muvaffaqiyatsiz tugatgandan so'ng, Usmonli imperiyasi Karlofcha shartnomasi (Karlofça anlaşması) bilan o'z hududlarini birin ketin yo'qota boshlagan edi. Usmonli imperiyasi ayni vaqtda boy berilgan hududlarni qaytarib olish siyosatini ham olib boradi. Natijada ham Eron bilan, ham Rossiya bilan doimiy urushlar olib borishga majbur bo'ladi. Deyarli barcha dehqonchilik maydonlari va boy konlar istilo etilgan hududlarda qolib ketishi sababli davlat daromadi kamayib ketadi.
Davlat daromadlari kamaygani sari soliqlar soni va miqdori oshiriladi. Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi odamlar soliqlardan qutulish uchun qishloq xoʻjaligini tashlab, Istanbul, Edirne, Bursa kabi yirik shaharlarga koʻchib keta boshlaydilar.
Soliq tushumlarining kamayishi Usmonlilar imperiyasining maosh to'lashda muammolarga duch kelishiga sabab bo'ladi. Bir tomondan, mehnatkashlarning qishloq xo‘jaligidagi yerlari davlat hisobiga o‘tishi, ikkinchi tomondan, yo‘qotilgan hududlar tufayli soliq tushumlarining kamayishi muammolarni yanada kengaytirib yuboradi.
Qiyinchiliklar tufayli XIX-asr boshlariga kelib xalqdan butun oltin va kumushlar yigʻib olinadi, tangalar ishlab chiqariladi va 20 foizlik ortiqcha qiymat bilan bozorga chiqariladi. 1839-yilda bu choralar yetarli bo'lmagani tufayli qo'shimcha zayom chiqariladi. Biroq, ortiqcha zayom inflatsiya darajasini yanada oshirib yuboradi.
1840-yilda moliyaviy inqirozning yanada kuchayishi bilan omonatchilarning zayomlarini ma'lum bir manfaatga qarshi undirish uchun "esham kavaimi" chiqariladi.
Ichki qarzdorlik
Dastlab, 1788-yilda jazoirlik Hasan poshodan 600 ming qurush qarz olinadi, keyin sarroflar va boylardan qarz so'raladi. U 1840 yilda Galata bankirlari Alleon va Baltaci tomonidan tashkil etilgan Istanbul (Dersaadet) bankidan qarz olinganligi haqida ma'lumotlar ham mavjud. Bankning manbasi xorijiy kapital bozorlaridan olinmaganligi tufayli u ichki qarz sifatida qabul qilinadi.
Byudjet taqchilligi:
1854-yilda umumiy ichki qarz 15 million funt sterlingga yetgan edi.
Chet eldan qarz olinishi
1854-yilgacha qarz so'rash sharmandalik deb hisoblangan va qarz so'ragan davlatlar Usmonli tarafdori bo'lib ko'rinishni istamagani uchun qarz so'ralmagan edi. Bu davrda 1783-yilda Marokash, 1788-yilda Jazoir va Tunis qarz berish so'rovini qabul qilmagan edi.
1876-yilgacha qarzlarini toʻlashda qiyinchiliklarga duch kelgan Usmonli imperiyasi 1876-yil aprelida qarz va foizlarni toʻlashni to'xtatadi va o'zini bankrot deb e'lon qiladi.
"Muharram qarornomasi" bilan Usmonli hukumatining 219.938.559 lira boʻlgan tashqi qarzi 1881-yil 20-dekabrda kamaytirilib, umumiy tashqi qarz 141.505.309 lira etib belgilandi, toʻlov shartlari esa qayta tartibga solindi. "Muharram qarornomasi"ning 15-moddasiga ko'ra, Usmonli imperiyasining tashqi qarzlarini to'lashga qodir emasligi natijasida "Dyuyun-u Umumiye"ga topshiriladi. Evaziga soliqlarning qarz manbalariga yo'naltirgan qismini to'plash va nazorat qilish vazifasi "Dyuyun-u Umumiye"ga topshiriladi.
1914-yilda urush boshlangandan so'ng, Usmonli imperiyasining tashqi qarzi qisqa muddatli qarzlarni hisobga olmaganda, 156,4 million Usmonli lirasini tashkil etadi. (142 million funt sterling).
Tashqi qarzlar, Usmonli imperiyasi parchalanganidan so'ng, Usmonlilar yerlarida tashkil etilgan davlatlar o'rtasida qayta taqsimlanadi va eng katta qarz yuki Turkiyaning bo'yniga yuklanadi. 1925-yildan boshlab Usmonli davlatidagi qarzlarining 67% Turkiya tomonidan toʻlanishiga qaror qilinadi. 1928-yil 13-iyunda Parijda davlat qarzi boshqarmasi bilan Turkiya ulushiga tushgan 107,5 million oltin Usmonli lirasi qarzini to'lash to'g'risida shartnoma imzolaydi.
Turkiya Usmonlining birinchi tashqi qarz olganidan roppa-rosa bir asr o‘tib, 1954-yil 25-mayda "Dyuyun-u Umumiye"dan olgan qarzning oxirgi qismini to‘lab bo'ladi.
Usmonli imperiyasidan qolgan qarzlarning davlatlarga bo'lingan foiz ko'rsatkichi
Usmonli imperiyasi parchalanganidan keyin tashqi qarz ro'yxatda sanab o'tilgan mamlakatlar o'rtasida quyidagi shaklda taqsimlanadi.
Respublikadan keyingi davrlar
Turkiya 1930-yilda AQShdan 10 million dollarlik tashqi qarz oladi. Qarz, Turk valyutasining qiymatini himoya qilish qonuni qabul qilingan davrda, Inönü hukumati tomonidan olingan edi. O'sha yilning avgust oyida "Serbest Fırka" (Ozod firqa) muxolifat partiyasini tuzishdan ko'zlangan asosiy maqsadlardan biri liberal ko'rinish orqali chet eldan moliyaviy yordam olish edi. Turkiya 1932-yilda Sovet Ittifoqidan 8 million dollar, 1938 yilda Britaniyadan 16 million funt sterling qarz oladi.
Turkiya Buyuk Millat Majlisining 1938-yil 1-noyabrdagi bayonnomasiga koʻra, yosh respublikaning qarzi bugungi pul birligi bilan taxminan 1.500.000.000 (1 yarim milliard yevro) deb koʻrsatilgan edi.
1980 va 1990-yillar
Turkiya 1980-yil 24-yanvarda Iqtisodiy Barqarorlik Dasturini hayotga tatbiq etib, oʻsha kungacha amal qilgan asosiy iqtisodiy siyosatlarini butunlay oʻzgartiradi va yanada liberal hamda ochiq siyosat olib boradi. Ushbu siyosatlardan biri, umuman olganda, xorijiy qarzlar bilan investitsiyalarni ko'paytirishni nazarda tutar edi.
thumb|400x400px| Turkiyaning 2002-14 yillardagi tashqi qarzi
Turkiyaning tashqi qarzi bu davrda (2001-yil 4-choragi) 129 milliard dollardan 336 milliard dollarga (2012-yil 4-choragida) oshadi. 2013 yilning uchinchi choragida Turkiyaning umumiy qarzi 372,7 milliard dollarni, sof tashqi qarzi esa 214,4 milliard dollarni tashkil etdi.
2013-yilning 14-mayida Bosh vazir o‘rinbosari Ali Babacanning maslahati bilan Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ)dan olingan qarzning oxirgi qismi to‘lanab beriladi. Shunday qilib, Turkiyaning uzoq yillik IMF qarzi nolga tenglashtirilgan edi.
Manbalar
uz.wikipedia.org