Turkiya Respublikasi Markaziy banki




Turkiya Respublikasi Markaziy banki (turkcha Türkiye Cumhuriyet Merkez Bankası A.Ş. yoki qisqacha TCMB) banknotlarni muomalaga chiqaruvchi, Turkiya Respublikasi hukumatining pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi, kassir vazifasini bajaruvchi hamda iqtisodiy va moliyaviy maslahatchi vazifasini bajaruvchi yuridik jihatdan mustaqil iqtisodiy muassasadir. Markaziy bank qogʻoz pullarni (banknotlarni) chop etishda monopol mavqega ega va vakolatlari doirasida pul-kredit siyosatini mustaqil belgilaydi. Bundan tashqari, Gʻaznachilik va Moliya vazirligiga qarashli zarb va shtamp bosmaxona bosh boshqarmasi tomonidan zarb qilingan tangalar muomalasi Markaziy bank tomonidan ta’minlanadi.

Markaziy bank Turkiyadagi EPOʻ (Elektron pul oʻtkazmasi) va EQQOʻ(Elektron qimmatli qogʻozlar oʻtkazmasi) tizimlariga egalik qiladi. Bank Jahon Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiyalar Jamiyatining (SWIFT) Turkiyadagi qismini boshqaradi.

Umumiy maʼlumot



Markaziy bankning asosiy maqsadi narx barqarorligini taʼminlashdan iborat. Bank, shuningdek, oʻzining asosiy maqsadiga zid boʻlmasa, mamlakat taraqqiyoti uchun amalga oshiriladigan siyosatni qoʻllab-quvvatlashga harakat qiladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirish uchun faqat bank vakolatlidir. Narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida oʻzi belgilaydigan siyosat doirasida pul-kredit siyosati vositalaridan erkin foydalanishi mumkin. Bank siyosat vositalarini amalga oshirish va iqtisodiyotni monitoring qilish uchun zarur bo'lgan maʼlumotlarni to'plash va auditorlik institutlariga haqli. Bankning vazifa va vakolatlarini quyidagi sarlavhalar ostida guruhlash mumkin.

Mulkchilik shakli



Turkiya Markaziy banki aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil qilingan. Bankning ustav kapitali 25 000 liraga teng boʻlib, ustav kapital 250 000 dona oddiy aksiyalardan tashkil topgan. Turkiyaning Markaziy bank toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq, ushbu aksiyalar toʻrtta toifaga boʻlinadi:

2018-yilning yakuni holatiga koʻra, Turkiya Markaziy bankining ustav kapitali 55,12% A toifadagi aksiyalardan tashkil topgan. Qolgan qismi esa B (25,74%), C (0,02%) hamda D (19,12%) toifalaridagi aksiyalardan iborat .

Bankning rivojlanishi



Markaziy bankning tashkil etilishiga asos boʻlgan 1715-sonli Markaziy bank qonuni davr shartlariga muvofiq tayyorlangan. Qonunga ko‘ra, banknotlarni muomalaga chiqarish imtiyozi Markaziy bankka berildi. Markaziy bank tom maʼnoda Gʻaznachilik agenti sifatida tasvirlangan. Bankning pul-kredit siyosati vositalaridan foydalanishi va hukumat bilan hamkorlikda faoliyatini davom ettirishi ham qonunning asosini tashkil etdi. 1715-sonli qonun bilan mamlakat taraqqiyotini ta’minlash Markaziy bankning asosiy vazifasi etib belgilangan. Qonunga ko`plab oʻzgartirishlar kiritilgan bo‘lsa-da, Markaziy bankning asosiy vazifasi, uning hukumat bilan ishlashi va valyuta nazoratini davom ettirish saqlanib qoldi.

1970-yilda 1211-sonli Markaziy bank qonuni kuchga kirdi va 1715-sonli Markaziy bank qonuni bekor qilindi. 1211-sonli Qonunning eng muhim farqi shundaki, u Markaziy bank vakolatlarini oshirdi. Ushbu qonun bilan bankning asosiy maqsadi rivojlanish rejalari va davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash belgilandi. 1980-yildan keyin Turkiyaning import oʻrnini bosish oʻrniga eksportni qoʻllab-quvvatlovchi rivojlanish rejasiga oʻtishi va 1980-yillardagi texnologik oʻzgarishlar Markaziy bankning ham modernizatsiya jarayoniga kirgan yillari boʻldi. 1980-yillarda yana valyuta nazorati bekor qilindi.

Vazifa va vakolatlari



„Bankning bosh maqsadi narxlar barqarorligiga erishish va uni saqlab qolishdan iborat. Bank mustaqil amalga oshiradigan pul-kredit siyosatini va narxlar barqarorligiga erishish va uni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanadigan monetar siyosatini belgilaydi“.

Bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Bankning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:

Binosi




Bankning eski bosh ofisi binosi -1947 yillardagi 50 qurush (1 lira 100 qurushdan iborat)lik banknot hamda 1952-1966 yillardagi 2,5 liralik banknotning orqa tomonida tasvirlangan. 1988-1997 yillardagi nominal qiymati 20 000 lira boʻlgan banknotning orqa tomoniga yangi bosh ofis binosi tasviri tushirilgan .

Manba




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz