Turkiya etirozlari (2013)




2013-yil 28-may kuni Turkiyada ommaviy eʼtirozlar boshlandi. Ilk Istanbul eʼtirozlari 50 atrof-muhitchi tomonidan boshlanib, Taksim Gezi bogʻini yoʻqotish va uning oʻrniga savdo markazi qurilishiga qarshi namoyish boʻldi. Politsiya aralashuvidan keyin eʼtirozlar tartibsizliklarga aylanib ketdi. Shundan keyin eʼtiroz subyektlari doirasi Taksim Gezi bogʻi mavzusidan kengayib, aksil-hukumat namoyishlarga aylandi. Namoyishlar shuningdek Turkiyaning boshqa shaharlari va turk diasporasi yashaydigan boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan eʼtirozchilarni çapulcu (oʻzbekcha: talonchi) deb kamsituvchi deb baholagan nutqlar qilib, 3-iyun kuni Shimoliy Afrika mamlakatlariga ish safari bilan joʻnab ketdi.

Eʼtirozchilar Istanbuldagi Taksim maydoni va Anqara, shuningdek Bursa, Antalya, Eskişehir, İzmir, Edirne, Mersin, Adana, İzmit, Konya, Samsun, Hatay, Trabzon, Rize, Isparta, Tekirdağ, Bodrum, va Mardin koʻchalariga chiqishdi. Ayrim eʼtirozchilar oʻzlarini #OccupyGezi ramzi bilan ifodalashdi.

Eʼtirozchilar orasida turli ijtimoiy guruhlar, jumladan oʻng- va soʻl-qanotchilar, turklar, kurdlar, armanlar va yunonlar borligi taʼkid etildi. Eʼtirozchilarning shikoyatlari mahalliy hukumatdan tortib Bosh Vazir Erdoğanʼning avtoritarizmi, spirtli ichimliklarga cheklov, koʻchada oʻpishish taqiqi va Suriyadagi urushgacha qarshi qaratilgan. Istanbul hokimi Kadir Topbaş atrof-muhitchilar kampaniyasi ortida „siyosiy maqsadlar“ bor, dedi. Turli tahlillarga koʻra bu noroziliklar Bosh Vazir Recep Tayyip Erdoğan uchun uning oʻn yillik hokimiyati paytidagi eng qiyin vaziyatdir.

Xronika




Bloomberg televideniesi bergan xabarga koʻra, 90ga yaqin odam norozilik namoyishlari chogʻida politsiya xodimlariga nisbatan hujum qilganlik va soʻlchi siyosiy guruhlarning provokatsion harakatlariga aloqadorlikda gumon qilinib, qoʻlga olingan.

Munosabat




Hukumat javobi




Bundan tashqari, Erdoʻgʻan mamlakatdagi tartibsizliklar uchun javobgarlikni aqidaparastlar va muxolifat yelkasiga qoʻygan. Xususan, bosh vazir Turkiyadagi eng katta muxolif kuch sanalgan Respublika xalq partiyasi (CHP)ni igʻvogarona hatti-harakatlarda ayblab chiqqan.

Bosh vazirning fikricha, ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan omillardan yana biri — namoyishchilar tomonidan Twitter mikrobloglar xizmati va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanilishi boʻlmoqda. "Tvitter nomli bir tahdid bor, u yerda oʻziga xos, takrorlanmas yolgʻon namunalarini topish mumkin. Menimcha, ijtimoiy tarmoqlar — jamiyat uchun eng dahshatli tahdiddir".

— Biz huquqiy davlatda qilish mumkin boʻlgan ishni qildik. Taqsim maydoni va Gezi bogʻini bosqinchilardan tozaladik. Bilasizki, ular bu joylarni vayron qildi. Biz bu erda yana daraxtlarni oʻtqazyapmiz, gullar ekyapmiz,- dedi Turkiya Bosh vaziri Erdoʻgʻon.

17-iyun kuni Turkiya Bosh vaziri oʻrinbosari Bulent Arinj tarqalishni istamayotgan namoyishchilarga qarshi harbiy kuch qoʻllanishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bu qariyb uch haftadan beri davom etayotgan namoyishlarga nisbatan habiy kuch qoʻllash ehtimoli haqidagi ilk bayonotdir.

Turkiya Adliya vazirining norozilik namoyishlari bobida muzokara oʻtkazish niyati bilan yuzlangan Yevropa parlamenti hamda Yevropa komissiyasi taklifini rad etgani haqida xabar qilindi.

Bunga javoban Yevropa Ittifoqi rasmiylari ham Turkiyaga borishi kutilayotgan delegatsiyasini joʻnatish rejasidan voz kechgani aytildi.

Xalqaro javoblar



Rasmiy

Norasmiy

Qurbonlar



5 iyun holatiga koʻra, tartibsizliklar natijasida uch kishi halok boʻlgan. Huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarning maʼlumotlariga koʻra, 2,8 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

Birinchi qurbon — 20 yoshli Memet Ayvalitas Istanbuldagi namoyishlarning faol ishtirokchisi boʻlgan. Reuters agentligining xabar berishicha, 3-iyun kuni taksi avtomobili tasodifan bir guruh namoyishchilarga borib urilgan, natijada Memet vafot etgan, yana toʻrt kishi jarohat olgan. Memet Ayvalitasning oʻlimi namoyishchilar orasidagi tasdiqlangan dastlabki halokat boʻlgan.

Turkiyaning janubida joylashgan Xatay viloyatidagi norozilik harakatlarida 22 yoshli Abdulla Komert hayotdan koʻz yumgan. U otishmalar natijasida halokatli jarohat olgan. Zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan boʻlsa-da, jarrohlar uning hayotini saqlab qololmagan.

31-may juma kuni boshlangan tartibsizliklar davomida yuzlab politsiya avtomobillari, 94 ta doʻkon va yuzdan oshiq shaxsiy avtomobillarga zarar yetgan. Tartibsizliklar natijasida yetkazilgan jami moliyaviy zarar 20 million lir (8 million yevro) miqdorida baholanmoqda.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz