Turkiya diyonat vaqfi qoshidagi Islom tadqiqotlari markazi
Islom tadqiqotlari markazi Turkiya diyonat vaqfi tomonidan 1988-yilda tashkil etilgan.
Maqsadi:
Islom tadqiqotlari markazining (ISAM) asosiy maqsadi turk/islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasining haqqoniy va ilmiy tadqiqoti hamda toʻgʻri taqdim etilishiga hissa qoʻshishdir. Ushbu maqsadga muvofiq, ISAM koʻplab milliy va xalqaro ilmiy loyihalarni qoʻllab-quvvatlaydi va olingan maʼlumotlarni jamiyatning keng qatlamlariga yetkazish uchun konferensiyalar va simpoziumlar tashkil qiladi, kitoblar, jurnallar va ensiklopediyalarni nashr etadi. ISAM oʻz ilmiy faoliyatini, ayniqsa islom ilmlariga eʼtibor qaratgan holda, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Bolqon va Shimoliy Afrikani qamrab olgan keng koʻlamli tadqiqot loyihalari orqali olib boradi.
ISAM kutubxonasi, arxivi va hujjatlashtirish markazi tadqiqotchilar uchun bebaho xizmatlar koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, ISAM Turkiyada va xorijda tadqiqotchilar tayyorlashga katta eʼtibor qaratadi. ISAM tomonidan bugungi kunga qadar koʻplab tadqiqotchilarga turli sohalarda moliyaviy yordam koʻrsatilgan.
Asosiy vazifalari
ISAMning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
Tadqiqot va loyiha boʻlimlari
Kengashlar
Maʼmuriy tuzilma
Manzili
Altunizade, Ichadiya Bogʻlarboshi koʻchasi,
Cd. No:38, 34672 Uzkyudar/Istanbul, Turkiya
Tel.: +90 216 474 08 50
Faks: +90 216 474 08 74
Manbalar
http://www.isam.org.tr/
uz.wikipedia.org