Turkiya alaviylari
Bu maqola asosan Turkiyada yashovchi xalq haqida. Asosan Suriyada yashovchi, aynan shu nom bilan yoki
nusayriylar deb ataluvchi guruh uchun Nusayriylar maqolasiga qarang.
Turkiya alaviylari ,
Anatoliya alaviylari ,
alaviylar yoki
aleviylar (turkcha: aleviler; inglizcha: Alevi; ruscha: алевиты) − asosan Turkiyada yashovchi diniy va etnik guruh. Alaviylar shialikning sufiylikka asoslangan firqalaridan birining tarafdorlarirdir. Alaviylik Turkiyada sunniylikdan keyingi ikkinchi eng yirik mazhabdir. Ayrim manbalarga koʻra, alaviylar Turkiya aholisiing 15-20 millionini tashkil qiladi.
Etimologiyasi
Alaviylar Islom dinida toʻrtinchi xalif hisoblanmish Ali ibn Abu Tolibga ergashadilar. Toʻrttala xalifni tan oluvchi sunniylardan farqli oʻlaroq, alaviylar Muhammad paygʻambar vafotidan keyin xalifalikka haqli kishi Ali boʻlgan, qolgan uch xalif — Abu Bakr, Umar va Usmon esa bu huquqni undan va uning avlodlaridan zoʻrlik bilan tortib olgan, deb hisoblaydilar. Shu sababdan ular oʻzlarini alaviylar, yoki „Aliga ergashuvchilar“ deb ataydilar.
Koʻpchilik Turkiya alaviylarini Suriya alaviylari − nusayriylar bilan adashtiradi. Turk tilida Turkiya alaviylari aleviler (inglizcha: Alevi; ruscha: алевиты), Suriya alaviylari nusayriler (inglizcha: Alawites; ruscha: алавиты) deb ataladi.
Diniy qarashlari
Alaviylar namoz oʻqimaydi. Ramazon oyida roʻzani ham boshqacha tutishadi. Ular namoz oʻqish uchun masjidlarga yoki Makkaga hajga bormaydilar. Alaviylarda spirtli ichimlik ichish man etilmagan, ayollarning hijob kiyishi shart emas.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org