Turkiya : Ta'lim vazirligi
Usmonlilar imperiyasida II. Mahmut hukmronligi davriga qadar talim ishlariga mas’ul bo‘lgan davlat amaldori bo‘lmagan. Bu davrda Heyet-i Vükela, ya'ni Vazirlar Kengashi tashkil etilishi bilan birga Vaqflar Vazirligi ta'lim sohasidagi ishlariga mas'ul bo'lishdi. Mekatib-i Rüştiye Nezareti 1838-yilda birinchi marotaba ochilgan O'rta maktablar uchun mas'ul bo'lish uchun tashkil etilgan bo'lim . Bir muddat boshlang'ich maktablarni tartibga solish uchun va Dorulfununun tashkil etish uchun vaqtinchalik ta'lim kengashini tuzishadi. 1841-yilda bu majlisning nomi Parlament-i Maarif-i Umumiye bo'lishiga qaror qilinadi. Nihoyat, 1857-yilda Tanzimat davrida Maarif-i Umumiye Nezareti nomi bilan birinchi Maorif( Talim vazirligi tuzuladi) Vazirligi tashkil etildi va Abdurahmon Sami Posho birinchi Maorif vaziri etib tayinlandi.
1869-yilda o'sha paytdagi Maarif naziri Mahmut Esat Saffet Pasha tomonidan tayyorlangan Maarif-i Umumiye Nizamnamasi bilan ta'lim tizimida tubdan o'zgarishlar kiritildi. Madrese tizimidan uzoqlashib, Rushtiye(myani o'rta maktab) maktabidan keyin ta'lim berishga tayyorgarlik ko'rish uchun Idadi maktablari tashkil etilgan.
O'smonlik Maarif Naziri sifatida oxirgi o'rinbosari 1921-yilli avgust oyida boshlab lavozimga tayinlangan Abdulla Lamid Bey edi. O'sha kundan boshlab Anqaradagi Maarif Vakolati bu vazifani bajardi, keyinchalik tilda soddalashtirish natijasida Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi deb nomlandi.
Koʻzguvchilar roʻyxati
uz.wikipedia.org