Turkiy xalqlar




Turkiy ellar Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi xalqlar guruhidir. Bu xalqlar u yoki bu darajada umumiylashgan madaniyat va anʼanalarga ega. Turkiy xalqlar tayinli bir irqqa tegishli emas, ularni bogʻlovchi unsur asosan etnogenezlarida joy olgan Turk urugʻlari va tillaridir.

Mamlakatlar




Tarixi



Turk, turkiylar — jahondagi turkiy tillardada soʻzlashuvchi xalqlarga nisbatan ishlatiladigan nom. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi turklar genetik va fenotipik jihatdan Sharqiy osiyoliklar va sibirliklar bilan chambarchas bog'liq edi. Turkiy xalqlar mo'g'ullar va koreyslar bilan alohida yaqin munosabatda bo'lishi mumkin.

Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan.

Mil. av 2-asrdan — mil. 3-asrgacha boʻlgan davrda turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan.

6-asrda turklarda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib, Turk xoqonligi barpo etgan. Xitoy manbalariga koʻra, 9-asrda tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan soʻng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (qarang Turk). Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi koʻkturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, koʻk boʻri totemi boʻlgan turklar kabi maʼnolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida koʻplab uchraydi.

Hozirgi davr



Turkiy aholi soni taxminan 200-250 million nafarga yetgan. Shulardan 70 millioni Turkiya turklaridir. Hozirda oltita mustaqil turkiy davlat mavjud:

Yana qarang




Manbalar




Havolalar






uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz