Turkiy tafsir




Qur‘oni Karim tarjimalari va tafsirlarning eng eskisi „ Turkiy tafsir “ ( O‘rta Osyo tafsiri ) nomini olgan. Qo‘lyozmasi Qarshidan topilgan. Asar Qur‘on Karim suralarining so‘zma - so‘z tarjimasi va sharhidir. Tarjimon va qo‘lyozma kotibning oti ma‘lum emas. Asarning tuzilgan davri va qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sanasi ham noma‘lum. Matinning til xususiyatlariga tayanib asar XII - XIII yuzyilliklarda yaratilgan deya taxmin qiladilar.
Asarning dastlabki bo‘limi XLIX surasiga qadar Qur‘oni Karim tarjimasidir. So‘ngra ayrim bo‘limlarining sharhi beriladi. Satrosti tarjimalari turkiy tilning sintaktik qurulishiga emas , arab tilining gap qurilishiga moslashgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz