Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti




Xalqaro Turkiy Madaniyat Tashkiloti yoki TURKSOY (turkcha: Uluslararası Türk Kültürü Teşkilatı, Türksoy ) — turkiy davlatlardan tashkil topgan xalqaro madaniyat tashkiloti. Tashkilotning asosiy maqsadi bu turkiy davlatlar va xalqlar orasidagi doʻstlikni va hamkorlikni kuchaytirishdir. Bu hamkorlik iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarni oʻz ichiga oladi. Tashkilot bosh binosi Turkiya poytaxti Anqarada joylashgan. Hozirgi vaqtda, tashkilot bosh direktori qozogʻistonlik Dyusen Kaseinov hisoblanadi. Tashkilot 3 ta rasmiy tiliga ega, bular: turk, rus va ingliz tillaridir.

Tarixi




Tashkilot tarixi ilk marta 1992-yilda Boku va Istanbuldagi Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston va Oʻzbekiston madaniyat vazirlari uchrashuvida kelishilgan. 1993-yilning 12-iyul kuni Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Almatida „Turkiy madaniyat rivojlanishi hamkorligi tshkiloti“ga asos solindi va tegishli xujjatlar imzolandi.

1996-yildan, TURKSOY va YUNESKO oʻrtasida rasmiy hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 2009-yilda tashkilot nomi hozirgi nomga oʻzgartirildi. Oʻsha yili, ushbu tashklot Turkiy kengash tarkibiga kirdi.

Aʼzo mamlakatlar



TURKSOY tarkibiga 10 ishtirokchi kiradi, bular mustqail suveren davlatlar, boshqa davlatlar tarkibidagi federal subyektlar va muxtor viloyat va regionlardir.

Sobiq aʼzolar




2015-yil oxirida Turkiya harbiy-havo kuchlari Rossiya samolyotini urib tushirgandan so‘ng Rossiyaning uchta federal bo‘linmasi TURKSOYni tark etdi.

Turk dunyosining madaniy poytaxti



Turksoy har yili Turk dunyosidan bir shaharni „Turk dunyosi madaniyat poytaxti“ etib tanlaydi. Tanlangan shahar turkiy madaniyatni nishonlash uchun bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi.
Ushbu nomga sazovor boʻlgan shaharlar:

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz