TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ " - bu Abdulla Avloniyni Axloq to`g`risidagi kitob .- So`z boshi Abdulla Avloniy Yaxshi xulqlar , yomon xulqlar // Axloq — 1917-yil. XIX asrning ikkinc"> Turkiy guliston

Turkiy guliston




" TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ " - bu Abdulla Avloniyni Axloq to`g`risidagi kitob .-
So`z boshi
Abdulla Avloniy Yaxshi xulqlar , yomon xulqlar // Axloq — 1917-yil. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) o'lkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilg'or ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari ko'p. U maktablar ochib, shaxsan o'zi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan ta'minlash ishiga katta hissa qo'shdi. Uning qalamiga mansub «Turkiy Guliston yoxud axloq», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni » asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida «Turkiy Guliston yoxud axloq» asari o'zbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi. Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Sa'diy (11841310)ning «Guliston» asaridan ta'sirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: «Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqg'a g'ayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tab'ihada muvaffaq o'ldum, chunki Turkiston maktablarida o'z shevamizda (o'zbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal «Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanlig'i o'zum muallimlar jumlasidan o'ldig'imdan manga ham ochiq ma'lum o'ldi. Shuning uchun ko'p vaqtlar tajriba so'ngidan adibi muhtaram shayx Sa'diy usulida yozmoqni, garchi og'ir ish bolsa ham, o'zimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan ko'tarmakni munosib ko'rdim». Demak, aytish mumkinki, «Turkiy Guliston yoxud axloq» Sa'diyning «Guliston» asari usulida o'zbek tilida yozilgan axloq kitobidir. Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi. Asar bunday darslikka bo'lgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon o'g'li, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid (o'zbek milliy teatrining mashhur aktyori Mannon Uyg'ur Majidov) dastxatidir. «Turkiy Guliston yoxud axloq»ning uchinchi nashrini 1967 yili «O'qituvchi» nashriyoti amalga oshirdi. Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga ko'ra tushirib qoldirildi. Asarni «O'qituvchi» nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi o'zbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi o'zbek yozuviga o'girilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin so'zlar lug'ati ilova qilingan holda bosib chiqardi. «Turkiy Guliston yoxud axloq»ning qo'lingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib Mannon Uyg'ur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi o'zbek yozuviga o'girilgan matni, qiyin so'zlar lug'ati berilgan. Bundan tashqari Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Maktab Gulistoni» asarlaridan tanlangan hikoya, she'rlari ham ilova qilindi. Kitobni nashrga tayyorlashda iqtidorli shogirdlarimiz Tavakkalova Dilnoza va Boboxonova Feruzalarning xizmatlari bo'r. Asar keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan ma'rifat darsligidir . Uning yoshlarning axloqiy tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonchimiz komildir. Nashr haqida bildirilgan fikr-mulohazalar, istaklar mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Latif Xalilov
Manba
Pdf varyanti to`liq

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz