Turkiy davlatlar tashkilotining 1-sammiti




Turkiy davlatlar tashkilotining 1-sammiti — Turkiy davlatlar tashkilotining 2022-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtilishi kutilayotgan sammiti. Ushbu sammit tashkilot qayta tashkil qilingandan keyin hisob boʻyicha 1-sammitidir (aslida 9-sammit).

Qatnashchilar




Ushbu tadbirda 5 ta a’zo mamlakat — Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston raxbarlari va 2 ta kuzatuvchi davlat — Turkmaniston hamda Vengriya davlatlari rahbariyati ishtirok etishi kutilmoqda.

Shuningdek, Tashkilot Bosh kotibi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) bosh kotibi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) bosh kotibi, Turkiy meros va madaniyat fondi prezidenti, Xalqaro turkiy akademiya prezidenti vazifasini bajaruvchisi, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi ham ishtirok etishadi.

Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra Shimoliy Kipr bu sammitda ishtirok etmaydi.

Asosiy masalalar



Sammitning kun tartibidan qoʻshimcha transport koridorlarini tashkil etish transport, bojxona xizmatlariga doir jarayonlarni soddalashtirish, savdo aloqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar oʻrin olgan.

Uchrashuv chogʻida davlat raxbarlari iqtisodiy, transport va savdo masalalarini muhokama qiladi. Sammitda tashkilotning kelasi 5 yilga moʻljallangan strategik harakatlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni “Turk dunyosining eng oliy medali” va Oʻzbekiston milliy medali bilan taqdirlash rejalashtirilgan.

Ushbu sammitda Oʻzbekiston tashkilotga raislikni qabul qilib oladi.

Imzolanadigan hujjatlar



Samarqand sammitida 10 dan ortiq hujjat imzolanishi kutilmoqda. Sammitda transport sohasidagi bogʻliqlik boʻyicha, tashkilot ichki tuzilmasini mukammallashtirishga oid boʻlgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tadbirning asosiy hujjati bu — tashkilotga a’zo mamlakatlarning muhim mintaqaviy va global muammolar boʻyicha mujassamlashgan pozitsiyalari ifodalangan Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasi boʻladi.

Taʼsiri



2022-yilning 8—11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan „Samarqand“ aeroporti vaqtincha yopiladi. Samolyotlarni qabul qilish va parvozga chiqarishni vaqtincha toʻxtaydi. „Uzbekistan Airpors“ tarqatgan xabarga koʻra, aeroportni tijoriy yoʻlovchi va yuk tashish reyslari uchun vaqtincha yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Shuningdek, Samarqand viloyat IIB tarqatgan xabarga koʻra, 10—11-noyabr kunlari shaharga kirish yoʻllari vaqtincha yopiladi. Viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilladi. Maxsus flayerlar ishlab chiqilib, haydovchilar flayerdagi QR kod yordamida mobil ilova orqali yoʻllarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yoʻllarni koʻrishlari mumkin.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz