Turkiy davlatlar tashkiloti




Turkiy davlatlar tashkiloti (ozarbayjoncha: Türk Dövlətləri Təşkilatı, qozoqcha: Түрік Мемлекеттері ұйымы, qirgʻizcha: Түрк мамлекеттеринин уюму, turkcha: Türk Devletleri Teşkilatı, veng.: Török Államok Szervezete, inglizcha: Organization of Turkic States; 2021-yilgacha sobiq Turkiy kengash ) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan.

Tarixi



1992-yilda ilk bor "Turkiyzabon davlatlar sammitiʻʻ boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida „Naxichevan kelishuvi“ imzolandi va „Turkiy kengash“ xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi.

Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada „Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati“ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida „Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi“ tashkil etildi. Yaqin kelajakda „Turkiy Kengash“gaTurkmaniston kirishi kutilmoqda.

Yigʻilishlar



2021-yilning 23—24-iyun kunlari Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi oʻtkazildi. 24-iyun kuni turizm sohasidagi vazirlarning yigʻilishida Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov taklifiga binoan Qoʻqon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti deb eʼlon qilindi.

Aʼzo davlatlar




Turkiy Kengashdagi kuzatuvchi davlat




Tashkilot sohalari




Tashkilot bosh kotiblari




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz