Turkistonda Sovet Rejimiga Qarshi Qurolli Harakat
Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat (1916—1943) — Oʻrta Osiyo xalqlarining bolsheviklar hukmronligi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan kurashi (1918—1943). Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h. — Oʻrta Osiyodagi milliy ozodlik harakati tarixida alohida bosqich boʻlib, kurash koʻlami va shiddati uning murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan ajralib turadi.
Turkiy xalqlarning milliy ozodlik harakatiga sabab iqtisodiy inqirozlar va xalqqa qarshi qonunlar edi.
Tarixi
Bu harakat oʻz jugʻrofiy doirasiga koʻra, 3 hududga boʻlinadi: Turkiston ASSR, Buxoro Respublikasi va Xorazm Respublikasi qududlari. U keyinchalik Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston SSRda ham davom etdi. Qurolli kurash oʻz rivojlanish jarayoniga koʻra, 2 davrni bosib oʻtdi: 1918—24 va 1925—1935-yillar.
Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h.ning 1davri, dastlabki qurolli guruxdarning tashkil topishi Kichik Ergash va Katta Ergashning nomlari bilan uzviy bogʻliqdir. Turkiston muxtoriyati hukumati qoʻshiniga boshchilik qilgan Kichik Ergash. 1918-yil 19— 21-fevralda Qoʻqon shahrida boʻlgan urush natijasida magʻlubiyatga uchrab, Qoʻqon uyezdidagi Bachqir qishlogʻiga chekindi.
26-fevralda Bachqirga qizil gvardiyachilar va arman dashnokdari (qarang „Dashnakiutyun“)ning 5 ta otryadi hujum qildi.
27-fevralda boʻlgan janglarning birida Kichik Ergash halok boʻlgach, Katta Ergash Fargʻona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash boshladi. Tez orada harakat butun Fargʻona vodiysi va Samarqand viloyati hududlariga tarqaldi.
Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatr.q.q.h.niig bosh sababi bolsheviklarning oʻlkada yuritgan mustamlakachilik va shovinistik siyosati boʻldi. Bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki sotsialistik tadbirlar (korxonalarning davlat ixtiyoriga oʻtkazilishi, xususiy mulkning tugatilishi, oziq-ovqat taqsimoti va gʻalla monopoliyasi, islom dinining cheklanishi va ateizm targʻiboti, masjid, Madrasa, xususiy maktab va qozixonalarning bekitilishi, vaqf yerlarning tortib olinishi, majburiy mehnatning joriy qilinishi, bozorlarning yopilishi va boshqalar) hamda qizil armiya jangchilarining talonchilik va bosqinchilik siyosati harakatga alohida keskinlik va koʻlam bagʻishladi. Bu hodisalar kurashning tobora kengayishi va rivojlanishiga olib keldi.
Qurolli kurash oʻzining harakatlantiruvchi kuchlari (dehqonlar, chorakorlar, hunarmandlar, kosiblar va mardikorlar, toʻq badavlat oilalarning vakillari — savdogarlar, boylar hamda ulamolar) va tashkiliy tuzilishi jihatidan ham aholining barcha guruxlari va ijtimoiy qatlamlarini oʻziga qamrab olgan harakat hisoblanadi.
Kurashchilarning milliy tarkibi, asosan, tub joy aholi — oʻzbeklar, tojiklar, turkmanlar, qirgʻizlar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, qisman uygʻurlardan iborat boʻlgan. Shuningdek, ruslar va Validiy tomonidan yuborilgan ayrim boshqird va tatar harbiylari, Turkiya va Afgʻonistondan kelgan oz miqdordagi zobitlar ham bor edi. Madaminbek qoʻshinlari bilan Jalolobodda turgan K. Monstrovning krestʼyanlar armiyasi oʻrtasida sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun oʻzaro bitim tuzilgan (1919.02.09.).
Qizil askarlar tomonidan bosqinchilik va talonchiliklarning kuchayishi ularga qarshi harakatni yanada kuchaytirdi va kurashchilar safiga muntazam ravishda askarlar (yigitlar) qoʻshilib turdi va yangidan yangi guruhlar tashkil topdi.
Validiyning Turkistonga kelishi va kurash maydoniga chiqishi, „Turkiston milliy birligi“ tashkilotining qaror topishi (1921.02.08) bilan janglar butun mintaqada avj olib ketdi. Boshqa yashirin milliy tashkilotlar („Milliy ittihod“, „Milliy istiqlol“) ham tuzilib, ular harakatni faol qoʻllab-quvvatlashdi.
Turkiston jamiyatida oʻsha paytda yetakchi mavqega ega boʻlgan ulamolar ham harakat mafkurasini tayyorlashda muayyan darajada xizmat qildilar. Ammo harakat ayrim mutaassib ruhoniylarning amallari oqibatida koʻpgina hollarda faqat islom gʻoyalariga singib ketdi va shu bilan cheklanib qoldi.
Kurashchilar faqat jang harakatlari olib borish bilan cheklanmasdan Madaminbek boshchiligida Muvaqqat Fargʻona hukumati (1919.22.10) nomli hukumatni ham tuzdilar.
1920—1924-yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida milliy muxolifat olib borgan ozodlik kurashi oʻziga xos alohida yoʻnalish va xususiyatga ega boʻlib, oʻta murakkab va ziddiyatli ekanligi bilan Turkiston Respublikasidagi bu harakatdan ajralib turadi. Bolsheviklar qizil askarlarga tayangan holda 1920-yil 1-fevralda Xiva xonligi va 1920-yil 2-sentabrda Buxoro amirligini qurolli kuch bilan agʻdarib, hokimiyatni Buxoroda, asosan, Yosh buxoroliklar, Xorazmda esa Yosh xivaliklar firqalarining aʼzolaridan iborat demokratik kuchlar qoʻliga berishdi. Lekin, bu joylarda hokimiyat uchun kurashayotgan boshqa kuchlar ham mavjud boʻlib, natijada milliy kuchlar oʻrtasida hokimiyat masalasida oʻzaro ixtilof vujudga keldi.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi. 1920-yilda yuzaga kelgan qurolli muxolifat shu sababli bir yoʻla 2 kuchga qarshi: birinchidan, bu davlatlar hududida joylashgan bosqinchi qizil armiya qismlariga qarshi mustaqillik kurashini; ikkinchidan, bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan kuchlarga, yaʼni Yosh xivaliklar, Yosh buxoroliklarga qarshi muxoliflik urushini olib bordilar. Bu harakatning Turkiston Respublikasi, xususan, Fargʻona vodiysidagi qurolli kurashdan farqli jihati ham ana shunda.
1924-yil oxirida Turkiston mintaqasida milliy hududiy chegaralanish oʻtkazilishi natijasida qurolli kurashning 1davri yakunlandi. Uning 2davri esa yana 10 yil davom etib, oʻzining xarakteri va kuchlar nisbati jihatidan avvalgi davrga nisbatan ancha farq qiladi. Bu davrda, asosan, Fargʻona vodiysi, Sharqiy Buxoro va Xorazm voqeasida janglar davom etdi. 30-yillarning oʻrtalariga kelib qurolli harakat magʻlubiyatga uchradi. Tirik qolgan kurashchilarning aksariyati xorijiy davlatlarga muhojir boʻlib joʻnab ketishga majbur boʻldi.
Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakatning eng zaif tomoni uning Oʻrta Osiyo mintaqasida yagona markaz ostida toʻliq birlasha olmasligi, harakatning boshidan to oxirigacha mafkuraviy asos boʻlib xizmat qiluvchi yagona milliy dasturning yaratilmaganligi hamda baʼzi yetakchi shaxslar orasidagi kelishmovchilik va nizolar, ayrimlarining tor dunyoqarashi va boshqa boʻldi. Ayrim shaxslar (Xolxoʻja Eshon, Gʻulomalixon Bahodir va boshqalar) harakatga faqat oʻzlari rahbarlik qilishni oʻylab, yagona qoʻmondonlikka boʻysunmadi. Shuningdek, qurolli kurashga aloqador boʻlmagan baʼzi guruhlar talonchilik va bosqinchilik bilan shugʻullanib, koʻplab begunoh kishilarni oʻldirishdi. Bundan qizil armiya qoʻmondonligi va bolsheviklar ustomonlik bilan foydalanishdi. Ular maxsus xufiyalar va josuslar, turli aygʻoqchilar yordamida harakat ichidagi birlikni parchalash, baʼzi guruh rahbarlari oʻrtasidagi tarqoqlik va oʻzaro ixtiloflarni yanada avj oldirishga urindilar. Nihoyat, Sovet hukumati bir necha islohotlar oʻtkazish va turli tuman targʻibotlar natijasida harakat qatnashchilarini mehnatkashlar qoʻllab-quvvatlashdan qaytara oldi. Bu Õzbeksila
Olmaliq
Mashhur qoʻmondonlar roʻyxati
Buxoro Amirligi
Xiva Xonligi
Fargʻona vodiysi
Yana qarang
Adabiyotlar
Qahramon Rajabov.
uz.wikipedia.org