Turkistonda jadid matbuoti
Turkiston jadid matbuoti — Turkiston jadidlarning gazetasi „Taraqqiy“ ning ilk soni 1906-yil 14-iyun sanasi bilan „Najot: maslakda sabot; toʻgʻrilikni ijobat“ shiori bilan dunyo yuzini koʻrgan. „Turkiston 12-avgust“ maqolasida muharrir Turkistoning shonli tarixidan gap boshlagan. XIX asrning insoniyat boshiga koʻplab tashvishlar keltirgani, ojiz millatlarning imperialistik zulm ostida qolgani yozilgan.1917-yilning mart oyidan „Shoʻroi Islom“ nashri afkori boʻlgan „Najot“ gazeta chiqa boshlagan. Shiori „Musavvat, hurriyat, adolat“ boʻgan gazeta oʻzbek, tatar, qozoq va qirgʻizlarga „vatandosh“, „millatdosh“ deb xitob qilgan. Nashr muharriri Munavvar qori Abdurashidxonov boʻlgan. Gazeta barcha Turkiston xalqini sinfiy ayrimga bormasdan yagona ittifoqqa birlashishga chaqirgan. Salohiddin Muftizoda „Sukut qiling! Sohibi sarvatlarning nidosi“ maqolasida bozorlarni arzonlashtirish, xalqning eng zaruriy muammolarini zudlik bilan hal etishga chaqirgan.1917-yil 25-iyun sanasi bilan „Najot“ ning oʻrniga „Kengash“ gazetasi chiqa boshlagan. Turkiston jadidlarining yana bir mashhur gazetalaridan biri Samarqanda chop etilgan „Hurriyat“ dir. Unga muharrir Mardanqul Shohmuhammadzoda boʻlgan. Tatar taraqqiyparvarlarining „Ittifoq“ jamiyati tamonidan nashr qilingan „Ulugʻ Turkiston“ gazetasi 1917-yilning 25-aprelda nashr qilina boshlagan. Qoʻqon shahrida ham „El bayrogʻi“ gazetasi „Gʻayrat“ kutibxonasi qoshida tashkil etilgan matbuotxonada „Yashasin qoʻshma xalq jamhurriyati“ shiori bilan 1917-yil 8-sentyabrdan nashr etila boshlagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org