Turkiston qayg'usi
Turkiston qaygʻusi — Alixontoʻra Shokirxontoʻra oʻgʻlining tarixga oid asarlaridan biri hisoblanadi. Asar 1917—1950-yillar mobaynida Gʻarbiy va Sharqiy Turkistonda sodir boʻlgan voqealarni koʻpchilikka maʼlum boʻlmagan tomonlarini ochib beradi.
„Turkiston qaygʻusi“ asari 1966—1973-yillarda Toshkentda yoziladi.
Asarning birinchi qismi muallifning oʻz qoʻli bilan 1969-yilda yozib bitirilgan. Ikkinchi qismi esa muallif xohishiga koʻra oʻgʻli Asilxon tomonidan 1969-yildan boshlab bir necha yil davomida yozilgan va asar butun holatga keltirilgan.
Voqealar rivoji
Alixontoʻra Sogʻuniy „Turkiston qaygʻusi“ nomli ushbu asarida Tukiston xalqi qanday qilib mustabid tuzumga qaram boʻlib qolganini davlat arbobi sifatida siyosiy va ijtimoiy jihatdan tahlil qilib ochiqlashga harakat qiladi. Shuningdek, asarda Markaziy Osiyo xalqlarining XIX asroxirlarigacha boʻlgan davrdagi davlatchilik tarixi, Amir Temur va turkiy xalqlar kelib chiqishiga doir qimmatli maʼlumotlar ham bor.
Shuningdek kitobning ikkinchi qismida Sharqiy Turkiston Jumhuriyati davlatining yuzaga kelishi va parokanda boʻlishi sabablari koʻrsatilgan. Jumhuriyatning qurilishi jarayoni, davlat asoslarini oʻrnatish yoʻl yoʻriqlari keltirilgan. Bu davlatning tugatilish sabablari yoritilgan.
Senzura va nashrlar
„Turkiston qaygʻusi“ning toʻliq oʻzbekchasi uzoq vaqt siyosiy sabablarga koʻra berkitib, nashr qilinmay kelgan. Ammo, endilikda xalqimiz tarix haqiqatlarini bilishi zarur deb hisoblaymiz.
Asardan baʼzi parchalar „Yoshlik“ adabiyot jurnalida (1992-yil 3-4, 5-6 sonlar) eʼlon qilingan. 1-qism kitob holida oʻzbek tilida Toshkentda (Sharq nashriyoti 2003-yil) va uyg'ur tilida Istanbulda (Sharqiy Turkiston madaniyat vaqfi, 2007-yil) bosilib chiqqan. Ikkala qismdan iborat bir butun holida esa turk tilida Germaniyaning qadim nashriyotlaridan biri boʻlgan Vyutsburg sahrida (Ergon Verlag, 2006) bosildi.
Uslub
Muallifning oʻzi asarida taʼkidlashicha kitob qiymatini oshiruvchi asosiy unsurlardan biri uning, chigʻatoy turkchasida, yaʼni klassik oʻzbekchada „Boburnoma“ uslubini davom ettirib yozilganidir.
Tuzilishi
Kitobning Sharq nashriyotida nashr qilingan 2021-yilgi nashri ikki qism, 496 bet boʻlib, umumiy holda Mundarija, Qutlugʻxon (Ediqut) Shokirovdan „Taqdim“, „Ochiqlama“, Alixontoʻra Sogʻuniydan kirish soʻzi va I qism, Asilxon Alixontoʻra oʻglidan II qism hamda „Kim kimdir“ — Kitobda kelgan tarixiy va ahamiyatli shaxslar haqida qisqacha maʼlumotlardan iborat.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org