Turkiston oksiloni




Turkiston oksiloni (Turkes tanioxylon) — ignabargli oʻsimliklarga mansub turkum. Qazilma holida topilgan. 1971-yilda oʻzbek paleobotanigi R. Xudoyberdiyev Turkiston togʻining shim. qismidagi yuqori boʻr qatlamidan bu oʻsimlikning toshga aylangan yogʻochini topgan. Uning anatomik tuzilishiga qarab Turkiston oksiloni degan yangi turkumni tavsiya qildi. Turkiston oksiloni hozirgi metasequoia va Seguoia turkumlariga oʻxshash daraxtsimon oʻsimlik boʻlib, bu hududda 90 mln. yil oldin oʻsgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz