Turkiston mo‘ylovdori
Turkiston moʻylovdori (lotincha: Luciobarbus capito conocephalus) — karpsimonlar oilasiga mansub chuchuk suv baligʻi, Luciobarbus capito kichik turi.
Tavsif
Uzunligi 70 sm va vazni 16 kg gacha boʻlgan bu yirik baliqning rangi toʻq, orqasidan to pastki qismigacha bilinar-bilinmas och oltin tusga ega. Orqa suzgichining balandligi tana uzunligining 15-16% ni tashkil qiladi. U 3-4 ta shoxlanmagan va 8 ta shoxlangan, analda 2-3 ta shoxlanmagan va 5 ta shoxlangan yoylari boʻladi. Yon chiziqda 59-68 ta tangachalari bor. Ularning tangachalari Orol moʻylovdoridan yirikroq boʻladi.
Tarqalishi va yashash joyi
Turkiston moʻylovdori Oʻrta Osiyoda Orol dengizi havzalarida, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston hududida tarqalgan. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chu, Norin, Urgʻa daryolarining irmoqlarida yashaydi. Turgʻun hayot kechiradigan baliq sanaladi. Daryolarning tekis joylarida yashaydi. U har doim oz boʻlgan, lekin Orol moʻylovdoridan koʻra koʻproq uchragan.
Oziqlanishi
Suvda turgʻun yashovchi umurtqasiz suv hasharotlari va mayda baliqlar bilan oziqlanadi.
Yashash tarzi
Urchish davrida daryolar boʻylab 1000 km gacha koʻtariladi. Aprel-may oylarida qumli-toshli tuproqli daryo toshqinlarida, daryolarning butun tekis oqimi boʻylab urugʻlanadi. Serpushtliligi 2000 uvildiriqqacha boradi. Bir yilda yoki ikki yil ichida bir marta uvildiriq tashlaydi. mumkin.
Muhofaza etish
Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Tojikistonning Qizil kitoblariga kiritilgan. Qirgʻizistonda u yoʻqolib ketish xavfi ostidagi kichik tur hisoblanadi.
Cheklovchi omillar
Bir qancha migrasiya yoʻllarini butunlay toʻsib qoʻygan toʻgʻonlar bilan daryolarning tartibga solinishi oqibatida keskin kamayib ketmoqda.
Muhofaza choralari
Baliq ovlashni taqiqlash, urugʻlantirish va oziqlanish joylarini muhofaza qilish, kichik turlar sonini va uning holatini aniqlashtirish.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org