Turkiston lolasi
Turkiston lolasi (Tulipa turkestanica) vatani Oʻrta Osiyo (Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Sharqiy Turkiston) boʻlgan lola turi hisoblanadi. U birinchi marta 1873-yilda Eduard August von Regel tomonidan T. sylvestrisning bir varianti deb taʼriflangan. Ikki yildan keyin alohida tur nomini olgan.
Taʼrifi
Turkiston lolasi boʻyi 10 smdan 15 smgacha boradigan koʻp yillik piyozli oʻtsimon oʻsimlik boʻlib, har bir tanasida 2–4 ta uzunligi 15 smgacha boʻlgan tukli barglar tutadi. Chetlari va uchlarida pushti rangda. Charmga oʻxshash poʻst bilan qoplangan piyozi yorqin qizgʻish-jigarrang va momiq tukli yuzaga ega. Piyozining diametri 1.5 sm. Barglari 2 ta, yaqin joylashgan, egri-bugri. Har bitta oʻsimlik bittadan 12 tagacha oddiy shingil toʻpgulda joylashgan yulduzsimon gul chiqaradi. Gullari qaymoqsimon oqdan pushti qizilgacha (pastki uchdan bir qismi sariqdan oʻtkir sariqqacha) boʻladi. Tashqi gultojbarglarining orqasi kulrang qizil (oq chiziqlar bilan) va ichki gultojbarglariga (bular orqa qismining oʻrtasida yashil chiziqlar tortilgan) qaraganda keng boʻladi. Changchi iplari sabzirang va changdonlari toʻq binafsha yoki uchlari binafsha oʻzi sariq randa. Bu xususiyatlari uni T. bifloradan farqlab turadi, chunki uning changdonlari sariq rangda va shuningdek Turkiston lolasi biroz kichik va oldinroq qullaydi. Gullari faqat quyosh nuri toʻgʻridan toʻgʻri tusshganda, ochilib turadi. Hidi koʻpincha yoqimsiz deb tasvirlanadi. Yovvoyi tabiatda, u balandlikka qarab mart va may (may–iyun) oylarida gullaydi va mevasi iyul–avgustda yetiladi.
Tarqalishi
Turkiston lolasi Pomir–Oloy va Tyan Shon tizmalaridan (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkiston, Eron va Shimoliy–Gʻarbiy Xitoydagi Jungariya) topilgan. U dengiz sathidan 1800–2500 m balandlikda toshli qiyaliklar, daryo boʻylari va choʻqqi boʻrtiqlarida oʻsadi.
Yetishtirilishi va undan foydalanish
Turkiston lolasi dekorativ oʻsimlik boʻlib, koʻpincha qoyali bogʻlarda oʻstiriladi. Unda toʻliq quyosh nuri zarur. Angliyada mart oyining oʻrtalarida gullaydi. Eriostemenes guruhining boshqa lolalari kabi, Turkiston lolasi boshqa bogʻ lolalari bilan chatishmaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org