Turki Jandi koʻchasi




Turki Jandi koʻchasi  — tarixiy shaxs nomi. Buxorodagi qadimgi koʻchalardan biri. Koʻchada Turki Jandi maqbarasi joylashgan. Aholi tomonidan avliyo deb qabul qilingan Turki Jandi tadqiqotlarga qaraganda, real shaxs hisoblanadi. Asli Sirdaryoning oʻrta oqimida joylashgan Jand shahridan boʻlganligi uchun „Jandiy“ taxallusini olgan. Buxoro aholisi oʻrta asrlarda Turki Jandiy mozori oldidan hech qachon otda oʻtmagan, yaqinlashganda otdan tushgan. Goʻyo otda oʻtayotganlarni Turki Jandiy arvohi ot ustidan uloqtirib yuborgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz