Turki Jandi guzari




Turki Jandi guzari  – Buxoroda joylashgan guzar. Guzar hududida Turki Jandi maqbarasi va mozori boʻlganligi sababli shunday nomlangan. XV asrda yozilgan „Tarixi mullazoda“ asarida yozilishicha, maqbara Abu Nasr Ahmad ibn Fazl ibn Muso al-Muzakkir al-Jandiyga tegishlidir. Mazkur maqbara va qabristonda koʻplab ulamolar va olimlar dafn qilingan. Guzar Tayi pushta deb ham nomlangan. Guzarning aholisi oz boʻlgan va Amonboy va Obi ravon guzarlari qoʻshilib ketgan.
Turki Jandi guzarida savdo rastalari, bir tomoni yopiq shakldagi doʻkonlar, savzabot rastalari, choyxona mavjud boʻlgan. Bundan tashqari guzarda masjid va maqbara ham boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, guzar hududida odamlar sekinlik bilan otdan tushib, piyoda harakatlanishgan, agar otdan tushmasdan harakatlanishsa, yoʻlda qoqilib biror koʻngilsizlikka uchraganlar.
Rivoyatlarga koʻra, Tohiri Xoʻjandiy asli xoʻjandlik boʻlib, u Buxoroga kelib, Ismoil Somoniyga va avlodlariga vazirlik qilgan. Turkcha gaplashganligi sababli Turki Jandiy nomini olgan.
Sharqshunos olim Komiljon Rahimov tadqiqotlariga koʻra, ushbu mozorda qoraxoniy hukmdor Shams ul-Mulk Nasr ibn Ibrohim (1068—1080) dafn qilingan. Shams ul-Mulk moziri Parfenova-Feninaning 1911—1912-yillardagi Buxoro shahri xaritasiga koʻra „Goʻrxonayi Xoqon“ qabri sifatida kiritilgan.
Turki Jandiy maqbarasi guzar oʻrtasida boʻlib, old va orqa tomonlarida sagʻana shaklidagi mozor mavjud boʻlgan. Mozor tepalikda joylashgan boʻlib, maqbara ikkita aylana gumbazdan iborat. Hozirgi kunda maqbara darvoza qismi va bir nechta qabrlar saqlanib qolgan. Old qismlari aholi uy-joylariga aylantirilgan.
1927 va 1929-yildagi guzarlar roʻyxatida Turki Jandi guzari kiritilmagan. Hozirgi kunda guzar hududa maqbara saqlanib qolgan. Guzar hudida Turki Jandi koʻchasi ham mavjud.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz