Turkcha Vikipediya
Turkcha Vikipediya (turkcha: Türkçe Vikipedi) — Vikipediyaning turk tilidagi boʻlimi. Turkcha Vikipediya 2002-yilning 5-dekabridan boshlab faoliyat yuritmoqda. 2004-yili maqolalar soni 100 ga yetgandi.
2007-yili Turkcha Vikipediya „Oltin Oʻrgimchak“ (turkcha: Altın Örümcek) yorligʻini qoʻlga kiritdi.
2007-yilning mart oyida maqolalar soni 50 000 yetib, 25 — oʻringa chiqdi.
Hozirgi ahvoli
Hozirgi kunda Turkcha Vikipediyaning maqolalar soni 534 739 (24-oʻrin). Roʻyxatdan oʻtganlar 1 535 635, ularning 2 556 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 19 foydalanuvchi esa administrator maqomiga ega. Jami tahrirlar soni — 30 398 178. Teranligidan Vikipediyalar orasida Turkcha Vikipediya yaxshi koʻrsatgichka ega. Teranligi (bugun): 164
Havolalar
uz.wikipedia.org