Turk So'zi




"TURK SOʻZI" — ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va adabiy turk gazetasi. 1918-yil mayda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida Saidalixuja Eshonxoʻja oʻgʻli boloxonasida chop qilingan. Haftada 2 marta chiqqan. Gaz. "Birlashgan turk oʻrtoqligi" jamiyati nashri hisoblangan. Bosh muharriri — Temurbek Xudoyorxonov. "Turk soʻzi" "Soʻz va hayotdan oʻz nasibangizni olingiz" shiori ostida faoliyat koʻrsatgan. Gaz.ning asosiy maqsadi millatni siyosiy, iqtisodiy asoratdan qutqarish boʻlgan. Ammo bolsheviklarning Turkiston oʻlkasida milliy matbuotga boʻlgan salbiy munosabati oqibatida ushbu gaz. ham oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. "Turk soʻzi"da koʻproq Muhammad Said (Axroriy), Tuygʻun va boshqa ziyolilarning maqolalari berib borilgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz