Turk Ibn Yofas




Turk , Turk ibn Yofas, Yofas oʻgʻlon, Turkxon — qad. diniy aqidalarga koʻra, Yofasning toʻngʻich oʻgʻli. Otasi vafotidan sung, turkiy oʻlkalarni boshqargan xon. Mirzo UlugʻbeGʻsning yozishicha, Kayumars zamondoshi boʻlgan. Kayumars Sharqiy Eronning 1hukmdori boʻlganidek, T. "Mashriq diyori xoqonlarining birinchi qooni" boʻlgan. Abulgʻoziy Bahodirxonnij yozishicha, T. "otasidan soʻng yerlarni yurib koʻrdi. Taqi bir yerni xushlab, anda oʻlturdi. Bu kun ul yerlarni Issigʻkoʻl derlar". T. oʻz qavmi oʻrtasida xush rasmrusumlar, tahsinga loyiq tartiblar oʻrnatgan. U bagʻoyat oqil va boadab, hunarmand boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra "Chin mamlakati sarhadidanki, uni Xonju deb ataydilar, asosiy yerlar, mas., Turkiston zamin mamlakati chegaralarigacha uning hukumati qoʻli ostida edi. Jamiʼi turklar orasida inʼom qilish (odatini), hirgoh udumini oʻrnatdi. Odil va komil, koʻngilchan podshoh boʻlgan. T.ning 5 oʻgʻli: Abilcha, Tung, Chigil, Barsxon, Atloq bor edi. Taomga tuz solmoq, shuningdek, chorva va vahshiy hayvonlar terisidan libos tikib kiyish ham T. davrida paydo boʻldi". T. 240-yil umr koʻrgan ("Toʻrt ulus tarixi", 36—376.).

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz