Турк
Turklar — xalq. Turkiyaning asosiy aholisi (50 mln kishi). Umumiy soni 53,3 mln kishi (1990-yillar oʻrtalari). Turk tilida soʻzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Turklar antropologik jihatdan janubiy yevropeoid irqning Oʻrta dengiz guruhiga mansub. Etnik jihatdan Turklar 2 asosiy qism: X — XIII asrlarda saljuqiylar va moʻgʻullar istilosi davrida Oʻrta Osiyo va Erondan Kichik Osiyoga koʻchib kelgan koʻchmanchi turk chorvador qabilalari (asosan, oʻgʻuzlar va turkmanlar) va mahalliy (Kichik osiyolik) aholidan tarkib topgan. Turklarning bir qismi (uzlar va bijanaklar) Bolqon yarim oroli orqali Kichik Osiyoga kirib kelgan.
Turklar mahalliy aholi (yunon, arman, gruzin va hokazo) bilan aralashib, ularning bir qismini oʻziga singdirib oldi, ularning xoʻjaligi va madaniyatining juda koʻp belgilarini oʻzlashtirdi. Etnogenezida, shuningdek, arab, kurd, janubiy slavyan, rumin, alban va boshqa elementlar ham qatnashgan. XIV— XVI asrlarda Turklar Bolqon yarim oroli va Kiprni egallaganlar. Turk xalqi taxminan XV asrda tarkib topdi. Turklar tarkibida yarim koʻchmanchi etnografik guruhlar: yuruklar, turkmanlar, taxtajlar, abdallar va hokazo bor. Yarim koʻchmanchilar oʻtroqlashib, Turklar tarkibiga singib bormoqda. Hozirgi Turklarning koʻpchiligi (65%) qishloq xoʻjaligida (dehqonchilik va chorvachilik), milliondan ziyodi sanoatda band.
Turklar — Kichik Osiyo yarim orolida yashaydigan turkiy millat. Turklarning asosiy qismi Turkiya hududida istiqomat qiladi, shuningdek Olmoniya (2.8 mil3.5 million kishi), Bolgariya (750 ming-1 milion kishi, Niderlandiya (400 ming kishi), Farangiston (500 ming kishi), Maqduna (110 ming), Yunoniston (100 ming), Kipr (280.000) singari oʻlkalarda yashayotgan turklarni uchratish mumkin.
Tili
Turk tili (turkcha) Oltoy tillar oilasining Turkiy tillar boʻlimi Oʻgʻuz guruhiga mansubdir. Zamonaviy Turk tili Gagauz tiliga juda yaqindir. Bazʼi qismlari Ozarbaidjoncha, Turkmanchaga ham oʻxshaydi. Turkchaning Arab imlosidagi, Lotin imlosidagi yozuvlarini uchratish mumkin. Mustaqillikdan soʻng hukumat Arab imlosidandan Lotin alifbosiga oʻtishga qaror berdi va hozirgi kunga kelib toʻliq lotinlashtirilgan.
Din
Arablar kelguniga qadar Turklar Tangritanlik dinlariga sigʻinar edilar. Milodiy 8-asrlardan boshlab turklar Islom dinini qabul qila boshladilar. Ayni paytda Turklar, Islom dinining Sunniylik mazhabidadir.
Manbalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Турклар — асосан Туркия ва Марказий Осиёда яшовчи этник гуруҳ. Турклар тарихан кўп асрлик маданий, сиёсий ва ҳарбий меросга эга бўлиб, уларнинг пайдо бўлиши ва тарқалиши турли ҳудудлардаги туркий халқларнинг ҳаракатлари билан боғлиқ.
Тил ва маданият
Турклар туркий тиллар оиласига мансуб бўлган турк тилини сўзлайди. Турк тилининг бир неча диалектлари мавжуд бўлиб, улар йиллар давомида ривожланиб, ҳозирги замон Туркиядаги турк тили шаклини вужудга келтирган. Турк маданияти кўп турли халқларнинг таъсири остида ривожланган бўлиб, унда ислом, шарқий ва европа урф-одатлари аралашган.
Тарихий аҳамият
Турклар тарихда кўплаб давлатлар барпо қилган, жумладан Уйғурлар, Осмонлар империяси каби кучли давлатлар. Осмонлар империяси Европа, Осиё ва Африкада давлатчилик маданияти ва санаъатининг ривожига катта ҳисса қўшган.
Ҳозирги замон
Ҳозирги кунда турклар асосан Туркия, Қозоғистон, Қирғизистон, Ўзбекистон, Вазиристон ва бошқа бир қатор мамлакатларда яшайдилар. Туркия туркларнинг энг катта тарихи ва маданий маркази бўлиб, бу жойда замонавий турк давлати ташкил топган.
Хулоса
Турклар ўз тарихлари, тили ва маданияти билан кўп миллатли дунёда муҳим ўрин тутади. Улар ҳозирги замонда ҳам ўз миллий анъаналарини сақлаб қолишга ҳаракат қилишмоқда ва халқаро миқёсида ўзини намоён этмоқда.