Turizm iqtisodiyoti
Ushbu maqolada turizm sohasiga strategic sector maqomi berilganligining mazmun va mohiyati haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: Turizm, iqtisodiyot, qaror, farmon, rivojlanish, infratuzilma
TOURISM IS A STRATEGIC SECTOR OF THE COUNTRY'S ECONOMY
This article discusses the content and significance of granting strategic sector status to tourism.
Keywords: Tourism, economy, decision, decree, development, infrastructure
Bugungi kunda turizm dunyo iqtisodiyotida oz o'rniga ega boTgan tarmoqlardan biriga aylandi. Avvallari turizmga aholining sayohat qilishi va dam olishini ta'minlovchi oddiy infratuzilma sifatida qaralgan boTsa, ayni paytda u mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmog'i sifatida shakllanib, rivojlanishiga katta e'tibor berilmoqda. Turizm inson hayoti va faoliyatining ko'p sohalarini qamrab oladi. Turizm ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o'ziga xos katalizatori sifatida transport va aloqa, savdo, qurilish, qishloq xojligi, xalq iste'moli mollarini ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa shu kabi muhim sektorlarining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Eksportga yo'naltirilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri - turizm industriyasidir. Turizm - bu ishbilarmonlik sohasining muhim xususiyatlaridan biri bo'lib xorijiy turistlar doimiy oqimini jalb qiladi.
Keyingi yillarda O'zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish, shu jumladan, imkon qadar qulaylik yaratish, tarmoqning raqobatbardoshligini yanada oshirish, ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va jahon bozorida milliy turistik mahsulotni faol tanitib borish bo'yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tizimli ishlar turistlar oqimini oshirish, infratuzilmani modernizatsiyalash, viza rejimini erkinlashtirish borasida sezilarli natijalarga erishishga muvaffaq bo'lindi. Masalan, eng liberal viza rejimlari reytingida 2019 yilda O'zbekiston MDH mamlakatlari orasida ikkinchi o'rinni egalladi.
uz.wikipedia.org