Turizm geografiyasi




Turizm geografiyasida tizimli usulning qo’llanishi va mohiyati

Sotsiologik so`rovlar o`tkazish usuli. Sotsiologik so`rovlar usuli ayniqsa, aholining ijtimoiy demografik holatini o`rganishda ko`p qo`llaniladi. Anketa so`rovlari ma`lum maqsaddan kelib chiqib, keng qamrovli tuzilganligi tadqiqotni samarali o`tkazishda muhim ahamiyatga ega. Dastlabki umumiy savollar (yashash joyi, tug’ilgan yili, millati, jinsi, ma`lumoti, mutaxassisligi, mutaxassislik bo`yicha ishlayotgan yoki ishlamayotganligi, sababi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilaviy ahvoli, farzandlar soni, bir hovlida necha kishi yashashi, oilaning o`rtacha yillik daromadi kabi savollar) har bir anketa so`rovlarida berilishi kerak.

Keyingi beriladigan savollar tadqiqot mavzusiga bevosita tegishli bo`lishi lozim. Masalan, aholining turli qatlamlarining dam olishga munosabati, ehtiyoji va talablari rekreatsion ehtiyojlarini keng o`rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi anketa so`rovlari natijalarini qayta ishlash yo`llarini puxta o`ylab olish zarur.

Tarixiy qiyoslash usuli . Atrofimizda sodir bo`layotgan iqtisodiy ijtimoiy hodisalar, ularning buguni va ertasi bevosita joyning tarixi bilan bog’liq. Fikrimizning isboti sifatida “quyidagi tarixiy voqeani esga olish zarur bo`lib qoldi: Buyuk Bobil qadimda sharqning eng go`zal va badavlat o`lkasi, ilmu-ma`rifat, iqtisod va ma`naviyat o`chog’i bo`lib kelganligi hammaga ma`lum. Lekin shunday ulug’vor o`lkaning vayronaga aylanib tarix sahifalaridan o`chib ketishiga bosqinchilar yoki dushman qo`shinlar emas, balki mamlakatning bosh mirobi yo`l qo`ygan bir xato sabab bo`lgan ekan. Ma`lumki, Bobilning xo`jalik tizimi ham xuddi bizdek ikki ulug’ daryo ya`ni Tigr va Efrat suvlaridan foydalanishga asoslangan bo`lib, suvning ma`lum hajmi sug’orish ishlariga olinib, qolgan qismi esa dengizga oqib turgan. Shu tufayli qishloq xo`jaligida yaxshi hosil olib turishdan tashqari, qirliklardan yuvilib keladigan loyqa, qum, shag’al va tuz bilan hosildor erlarning buzilishidan asrab qolgan. Eramizdan avvalgi 582-yilda Xoldey shohi Navxudonosir kata imperiyaga hukmronlik qilish orzusida Misrni ham qo`shib oladi. Uning go`zal malikasi Nitokrisga uylanadi. Albatta, malikaning ayrim injiqliklari va talablarini bajarishga majbur bo`ladi. Nitokris xonimning iltimosi bilan uning Misrdan kelgan qarindoshi bosh mirob vazifasiga tayinlanadi, unga katta mablag’ va ishchi kuchi topshiriladi. Tez orada Bobil atrofidagi tekisliklardan yuzlab kilometrga katta kanal qazilib, minglab gektar yangi erlarda sug’orish ishlari boshlanadi. Natijada, efrat daryosining suvi kamayib, oqimi sustlashib qoladi va suv bilan kelgan loyqa aralash qum-shag’al va tuz eritmasi, erlarga va kanallarga o`tirib qola boshlaydi, erlarni sho`r bosishi oqibatida dehqonchilik qilishi mumkin bo`lmay qoladi. Bug’doyzor, arpazor va boshqa ekinlar keskin kamayib yo`qola borgach, juda katta otliq qo`shinlari ham, aholi ham qahatchilikdan qirila boshlaydi va nihoyat eramiz boshlarida shunday buyuk imperiyadan hashamatli qasrlarning xarobalari-yu, oppoq tuz bosgan bepoyon tekisliklar qoldi, xolos.

Iqtisodiy-matematik usul . Tadqiqot natijalarini tahlil etish uchun matematik usulni qo`llash katta imkoniyat yaratadi. Biroq, shuni ta`kidlash lozimki, iqtisodiy matematik usul ikki yoki undan ortiq holatlar o`rtasidagi ishonchli farqlarni qayd qilishi mumkin. Asosan, sanoat ishlab chiqarish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini hisoblashda bu usuldan keng foydalaniladi. Jumladan, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsuldorligi yoki ular sal’dolarini hisoblab topish uchun bu usuldan foydalanish ancha qulay.

Iqtisodiy - matematik usul yordamida har doim ishonchli natijalarga erishib bo`lmaydi.. CHunki, o`rganilayotgan sohasining rivojlanishi yoki ko`rsatkichlarning pasayishiga turli ob`ektiv va sub`ektiv omillar ta`sir ko`rsatib turadi.

Statistik va ko`p o`lchamli statistik usul . Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda statistik va ko`p o`lchamli statistik usul yordamida turli –tuman omillar ta`sirida shakllanuvchi holatlarni o`rganish imkonini beradi. Bu usul bugungi kunda iqtisodiy, sotsiologik, demokratik, psixologik va hatto pedagogik tadqiqotlarda keng qo`llanilmoqda. Jumladan, iqtisodiyotda yillar yoki biror iqtisodiy rivojlanish bosqichdagi ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini taqqoslash, yillar davomidagi o`rtacha ko`rsatkichlarni hisoblab topishda foydalanilsa, sotsiologik tadqiqotlarda aholining maishiy shart-sharoitlari holatini tahlil qilish yoki umumiy natijalarga erishishda, demokratik tadqiqotlarda aholining tabiiy o`sishi, mehnat resurslari dinamikasi yoki ularning ma`lum yillardan keying holatini prognozlashda, psixologik tadqiqotlarda aholi yoki uning ma`lum qatlamining ruhiy holatini tadbiq etish va uning ijtimoiy omillarini aniqlash kabi korreliyatsion natijalarga erishishda foydalanish mumkin.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz