Turgʻunoy Egamberdiyeva
Turgʻunoy Ahmadjonovna Egamberdiyeva (1942-yil 1-avgust, Marg`ilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Turgʻunoy Egamberdiyeva 1942-yil 1-avgust Margʻilon shahrida tugʻilgan. 1963—1967-yillarda Fargʻona pedagogika institutining pedagogika va boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetida, 1970—1972-yillarda Moskva shahridagi oliy partiya maktabi „Xalqaro munosabatlar“ fakultetida tahsil olgan. 1963—1970-yillarda Marg‘ilon shahar va Farg‘ona viloyatining komsomol qo‘mitasining kotibi, 1972—1990 yillarda Marg‘ilon shahar partiya qo‘mitasining kotibi, Farg‘ona viloyati ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, viloyat partiya qo‘mitasining kotibi, viloyat xotin-qizlar kengashi raisi, Farg‘ona viloyatlararo partiya-sovet xodimlari malakasini oshirish instituti direktori, 1990—1992-yillarda Fargʻona davlat pedagogika instituti pedagogika va boshlangʻich taʼlim fakulteti dekani, 1992—1997-yillarda Fargʻona davlat universitetining tarbiyaviy ishlar (1996-yildan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar) boʻyicha birinchi prorektori, 1997—2007-yillarda jahon tarixi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2007-yildan Oʻzbekiston tarixi kafedrasi professori.
Ilmiy faoliyati
Turgʻunoy Egamberdiyeva 1988-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi qishloqlarining madaniy rivojlanish muammolari“ (1970—1980-yillar) mavzusidagi nomzdolik ishini yoqlab, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi maʼnaviy hayotida
ayollar faolligini oshirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari“ mavzusidagi doktorlik dissertasiyasini himoya qiladi.
Unvon va mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org