TURG’UNOV TO’LQINBOY BULTURALIYEVICH (1977.6.2, Qorasuv shahri) — bokschi, “O’zbekiston iftixori” (1999), O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2000). Andijon davlat universitetini tugatgan (2000). 1997 yildan “Dinamo” sport jamiyatida yo’riqchi. 57 kilogramm vaznda O’zbekiston chempioni (1997— 2000), ikki karra Osiyo chempioni (1997, Kualalumpur; 1999, Toshkent), Osiyo o’yinlari (1998, Bangkok), jahon kubogi (1998, Chongging) va jahon chempionatida (1999, Xyuston) ikkinchi o’rinni egallagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish