Turgʻun Poʻlat
Turg‘un Po‘lat — yozuvchi, 1928-yilda Namanganda tavallud topgan. U ko‘p vaqt jamoa, davlat xo‘jaliklarida hisobchi, xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan. Yozuvchi sifatida 50-yillarning boshlarida matbuotda ko‘rina boshlagan.
Dastlab shoir sifatida „Bizning bobo“ (1951); „Buyuk savdo“ (1952), „Mangu qo‘ldoshimsan“ (1956), „Festival qo‘shig‘i“ (1959) kabi sheʼriy asarlari bilan tanildi. Ayni chog‘da „Ayollar isyoni“ (1967), „Jig‘ildon qori“ (1970), „To‘ra hujjat“ (1970) kabi hajviy hikoyalari yaratildi. So‘ngra uning „Mirrixdan kelgan mehmon“ (1973) hajviy hikoyalar to‘plami, „Vodiylarni yayov kezganda“ (1971) ocherklari, „Ichkuyov“ (Qissa va hajviyalar" — 1979—1986) nashrlari chop etildi.
Shuningdek, Turg‘un Po‘lat publitsist va ocherknavis sifatida ham o‘nlab asarlar yaratdi. Uning „Tabarruk zaminda“ (1970), „Xotinboz“ (1972), „Yalovbardor“ (1986) kabi asarlari shu jihatdan muhim edi. Xullas, yozuvchi o‘zinnpg sheʼr va ocherklarida bo‘ladimi, hikoya va qissalarida bo‘ladimi, hayotdagi, odamlardagi nuqsonlar ustidan kulib, uni bartaraf etish yo‘lini izlaydi. Ayniqsa, uning „Ichkuyov“ (1975) qissasi adibga shu jihatdan sharaf keltirdi: shu nomdagi televizion badiiy filmi uchun unga 1979-yili vafotidan so‘ng Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi.
Manbalar
Havolalae
uz.wikipedia.org