Turgʻun Azizov




Turgʻun Tursunovich Azizov (30-noyabr 1934, Toshkent) – aktyor va rejissyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor. Aso-siy rollari: Ferdinand („Makr va 213muhabbat“), Ilyos („Sarvqomat dilba-rim“), Eydzi („Oʻgʻirlangan umr“), Mar-kTuysk („Oqpadar“), Niyoz („Nomaʼlum kishi“), Yoʻlchi („Qutlugʻ qon“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Edmund („Qirol Lir“), Ulugʻbek („Mirzo Ulugʻbek“), Amir Nasrullo („Nodirabegim“), Otello („Otello“) va boshqa Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli „Oʻlimdan kuch-li“ spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon („Gang uzra tong“), Ba-kir („Maftuningman“), Amir Nasrullo (Nodirabegim"), Ota Maqsumov („Uzoq-yaqin yillar“), Mirzakarimboy („Pa-rol – Regina mehmonxonasi“), Dadaboy („Qoʻqon voqeasi“, telefilm) kabi ob-razlar yaratdi. Liriko-dramatik va ro-mantik plandagi rollarni zoʻr ehtiros va joʻshqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar harakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda koʻp maʼno anglatishga, qahramonining his-tuygʻulari, ichki kechinmalarini ta-biiy ifodalashga intiladi. Rejissyor sifatida „Mirzo Ulugʻbek“, „Alisher Navoiy“, „Mehrobdan chayon“, „Chimildiq“, „Mashrab“ (hammasi M. Abdullayeva bilan hamkorlikda) kabi spek-takllarni sahnalashtirdi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz