Turg'un Alimatov
Turgʻun Alimatov (20-yanvar 1920-yil — 17-dekabr 2008-yil) — atoqli oʻzbek milliy sozandasi va bastakori, Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Dutor, tanbur, sato asboblarini mahorat bilan chalgan. Alimatov dutor, tanbur va sato ijrochiligini mukammal oʻrganib, oʻziga xos ijro uslubini yaratdi. Alimatov ijrochilik uslubiga „badihagoʻylik, soz pardalarini oʻta mungli va dardli yangratish, torlarni nozik nolalantirib chalish“ xos.
Alimatovning musiqiy faoliyati 17 yoshidan umrining oxirigacha choʻzildi. Sozanda shoshmaqom turkumidagi kuylarni yuksak mahorat bilgan chalgan, oʻziga xos uslub va musiqiy bezaklar bilan boyitgan. Shuningdek, ushbu turkumdagi hamda Fargʻona-Toshkent yoʻlidagi noyob maqom namunalarining milliy musiqa xazinasining oltin fondi uchun yozib olinishida muhim rol oʻynagan. Alimatov tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etilgan „Dutor navosi“, „Tanovar“, „Chorgoh“, „Munojot“, „Navroʻzi ajam“, „Buzruk“, „Kuygay“ kabi mumtoz musiqa namunalari katta shuhrat qozongan.
Hayoti va ijodi
Turgʻun Alimatov 1922-yil 20-yanvarda Toshkent viloyatidagi Keles qishlogʻida tugʻilgan. Otasi Alimuhammad oʻziga toʻq oiladan boʻlgan, dutorni mahorat bilan chalgan, ammo Alimatovga bevosita uni chalishni oʻrgatmagan. Alimuhammad, Turg’un olti yoshdaligida vafot etgan. Alimatov otasi vafotidan keyin avval internetda, keyin maktab binosida yashagan.
Alimatov 1937—40-yillarda Toshkent pedagogika institutining ishchi fakulteti qoshidagi musiqa toʻgaragiga qatnashib, tanbur, gʻijjak (skripka) chalishni oʻrgangan. Asboblarni asosan mustaqil ravishda oʻrgangan, oʻz chalish uslubini ishlab chiqqan. Keyinchalik xalq va professional ijro uslublarini Shobarat tanburchi, Nabi tanburchi, Mulla Toʻychi hofizlardan oʻzlashtirgan.
Alimatov 1940—42-yillarda Yosh tomoshabinlar teatrida ishlagan. 1942—43-yillarda esa Ikkinchi jahon urushida qatnashgan. 1943-yil oyogʻidan yaralanib, avval Sibirga, keyin Toshkentga yuborilgan. Davolanayotganida Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri eʼlon qilgan tanlovda qatnashib, teatr qoshidagi ansamblga olingan. Teatrda 1946-yilgacha ishlagan. 1947—52-va 1957—59-yillarda Oʻzbekiston radiosi xalq cholgʻulari orkestrida, 1959—85-yillarda Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblida sozanda boʻlib ishlagan. Bu orada turli musiqa toʻgaraklariga rahbarlik qilgan. 1985-yildan Toshkent davlat konservatoriyasi anʼanaviy ijrochilik kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1994-yildan ayni konservatoriyada professor boʻlib ishlagan.
Alimatov repertuarida xalq kuylari, maqom va mashhur ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Dutor navosi“, „Tanavor I—II“, „Tanbur navosi“, „Chorgoh“, „Munojot“, „Nola“, „Navo“, „Navroʻzi ajam“, „Eshvoy“, „Buzruk“, „Ey, sabo“, „Kuygay“ va boshqalar) katta oʻrin olgan. Ovoz rejissori N. Hasanov yordamida yakka sozlar (dutor-tanbur, dutor-sato, tanbur-sato-dutor va boshqalar)da oʻziga xos yakkanavoz „ansambl“ tarzida ijro etgan cholgʻu kuylari 10 dan ortiq gramplastinkalarda chiqarilgan.
Alimatov xalqaro musiqa anjuman (Moskva, 1971; Olmaota, 1973; Samarqand, 1978, 1983, 1987 va boshqalar) hamda konsertlarda qatnashgan. Chet ellarda, jumladan, AQSh, Fransiya, Germaniyada gastrollarda boʻlgan. Alimatov 2008-yilning 17-dekabrida 86 yoshida Toshkentda vafot etdi. Uning oʻgʻillari Alisher va Valisher Alimatovlar ham sozandalik qiladi.
Mukofotlari
Alimatov bir necha sovrin va mukofot bilan taqdirlangan. 1992-yil Oʻzbekiston xalq artisti unvonini olgan. 1997-yilda esa „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan. 2012-yil New Yorkda Alimatov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan konsert va ilmiy anjuman oʻtkazildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Turg‘un Alimatov (1922–2008) — o‘zbek milliy musiqa san’atining ulkan namoyandasi, bastakor, chaluvchi va xalq hofizi. U o‘zining betakror tarzi, yuksak mahorati va chuqur musiqiy hissiyotlari bilan nafaqat O‘zbekiston balki butun Markaziy Osiyo musiqiy madaniyatini boyitgan san’atkor sifatida tanilgan.
Hayoti va ijodi
Turg‘un Alimatov 1922-yil O‘zbekistonning Xorazm viloyatida, Nukus yaqinida tug‘ilgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan u, mahalliy milliy cholg‘u asboblari: dutor, tanbur, gijjak kabi cholg‘ularni chalishni o‘rgangan. Yoshligidan buyon xalq qo‘shiqlari, bastakorlik san’atiga qiziqib, o‘zini rivojlantirishga bag‘ishlagan.
Alimatov o‘zining ijodida asosan xalq qo‘shiqlari va instrumental musiqa janrlariga e’tibor qaratgan. U milliy cholg‘u asboblari chalish san’atida yangi uslublar yaratgan, ularni yunaltirish, bayonalashda o‘ziga xos maktab shakllantirgan. Turg‘un Alimatovning cholg‘udagi mahorati va bastalardagi nozik tuyg‘ulari uni juda mashhur qilgan.
San’atdagi o‘rni va merosi
Uning ijodi O‘zbekiston xalq musiqasining boy merosini davom ettirish bilan birga, uni yangi bosqichga olib chiqdi. Alimatovning chalgan dutori va tanburi haqiqiy san’at asariga aylanib, uning musiqasi boshqacha kayfiyat va milliy ruh bilan to‘la edi. U ko‘plab xalq qo‘shiqlari, dasturlari orqali O‘zbekistonning musiqa qadriyatlarini xalqaro arenada muvaffaqiyatli targ‘ib qilgan.
Turg‘un Alimatovning tarona va instrumental asarlari hozirgi kunda ham keng tinglovchilar auditoriyasiga ega, ko‘plab musiqachilar uchun ilhom manbai sanaladi. Uning nomi bilan bog‘liq ko‘plab konsertlar va festivallar o‘tkaziladi, uning ijodi yosh avlod uchun o‘rnak sifatida qadrlanadi.
Taniqli asarlari va mukofotlari
Alimatov ko‘plab mashhur qo‘shiqlar bastalagan va butun dunyoda tanilgan konsertlarda qatnashgan. O‘zbek milliy musiqa san’atiga qo‘shgan hissasi uchun u ko‘p marta davlat mukofotlari va unvonlari bilan taqdirlangan, jumladan “Mehnat Qahramoni” unvoni ham mavjud.
Xulosa
Turg‘un Alimatov o‘zining hayoti va ijodi bilan o‘zbek xalq musiqasining yuksak cho‘qqilariga erishgan buyuk ustozdir. U milliy san’atimizning umrboqiy qiymati sifatida madaniyatimiz tarixida yorqin iz qoldirdi va uning merosi kelajak avlodlarga yetib borishda davom etmoqda.