Turdiyev Qo`chqor Ahmedovich




Qoʻchqor Ahmedovich Turdiyev (1917-yil 1-sentyabr, Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Dardoq qishlogʻi — 1992-yil 4-avgust) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1941-yildan frontda ishtirok etgan. Janubiy Gʻarbiy front 38-armiyaning 47-togʻoʻqchi diviziyasida xizmat qilgan.

Tarjimai holi



Qoʻchqor Turdiyev 1917-yil 1-sentyabrda Dardaq qishlogʻida (hozirgi Oʻzbekiston Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani) tugʻilgan. Millati oʻzbek.

Qoʻchqor Turdiyev boshlang‘ich maktabni tugatgach, kolxozda ishlagan.

Turdiyev 1940-yildan Sovet Armiyasida xizmat qilgan. Ikkinchi jahon urushi janglarida 1941-yil sentyabr oyidan qatnashgan.

1941-yil 15-oktyabrda Sovet Armiyasi askari Qoʻchqor Turdiyev xizmat qilgan oʻqchi rotasi Ukrainaning Xarkov viloyati, Krasnokutskiy tumani, Trudolyubovka aholi punkti hududida hujum uyushtirgan. Oldinda yoʻlda dushman bunkeri paydo boʻlgan, pulemyot oʻqlari ularning hujumini toʻxtatgan. Oʻqchi otryadiga dushman bunkerini yoʻq qilish buyurilgan. Bu topshiriqni bajarayotib, Turdiyev orqa tomondan bunkerga sudralib kelgan va pulemyot yonida o‘tirgan fashist ofitserini miltigʻi bilan qurolsizlantirgan. Undan soʻng Qoʻchqor Turdiyev yana ikkita nemis bilan yakka kurashga kirishgan. Yana ikkita mahbusni qoʻlga olgan Turdiyev oʻz guruhiga qaytgan va hujumga oʻtib, jangovar topshiriqni muvaffaqiyatli bajargan.

Ushbu jasorati uchun Turdiyev Qoʻchqor SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1942-yil 27-martdagi „Qizil Armiya qoʻmondonligi va oddiy tarkibiga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berish toʻgʻrisida“gi farmoni bilan „namunali ishi, qoʻmondonlikning jangovar vazifalarini bajargani, bir vaqtning oʻzida koʻrsatilgan jasorati va qahramonligi“ uchun Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan mukofotlangan (№ 843) hamda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

Turdiyev Qoʻchqor 1942-yilda kichik leytenant kurslarini, 1943-yilda esa Gomel harbiy piyodalar maktabining qisqa kursini tamomlagan va vzvod hamda rotaga komandirlik qilgan. 1942-yili Butunittifoq kommunistik partiyasi (bolsheviklar) va Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻlgan.

Urushdan keyin bosh leytenant Q. A. Turdiyev zahirada boʻlgan. Andijon viloyati (Oʻzbekiston) Jalalquduq tumani Oyim qishlogʻida istiqomat qilgan. „Oyim“ jamoa xoʻjaligida sabzavotchilik, keyin sholichilik brigadasining boshligʻi boʻlib ishlagan va paxtachilik brigadasini boshqargan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda faol ishtirok etgan.

Turdiyev Qoʻchqor 1989-yil 4-avgustda vafot etgan.

Xotirasi



Toshkent shahridagi 59-maktab, Andijon viloyati Oyim qishlogʻidagi 32-maktab va koʻchaga nomi berilgan. Andijon shahridagi Xotira maydonida Q. A. Turdiyev haykali o‘rnatilgan. 2010-yilda O‘zbekistonda g‘alabaning 65 yilligiga bag‘ishlangan pochta bloki chiqarilgan, pochta markalaridan biriga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik Qo‘chqor Turdiyev tasviri tushirilgan.

Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz