Turar Risqulov (qishloq)




Turar Risqulov qishlogʻi  — Janubiy Qozog'iston viloyati Tulkibosh tumanining markazi. Chimkent shahrining shimoli-sharqiy tomonida 98 km uzoqlikda joylashgan Aholisi 18,535 kishi (2012).

Tarixi



Poydevorini 1891-yili Rossiyadan koʻchib kelganlar qurgan. 1928-yili Juali tumanining markazi, 1957-yili sut mohsulotlarini qayta ishlash markazi boʻlib, 1993-yilgacha Vannovka qishlogʻi deb nomlanib keldi.

Aholisi



Qishloq aholisi 2012-yil 10-martdagi maʼlumot boʻyicha 18,535 kishini tashkil qildi. Qishloqning milliy tarkibi quyidagicha: qozoqlar — 80,8 %, ruslar — 6,5 %, oʻzbeklar — 4,4 %, ozarbayjonlar — 4,1 %, turklar — 1,9 %, boshqalar — 2,3 %.

Ijtimoiy soha



Qishloqda 4 maktab, shulardan, № 1 Lomonosov nomidagi maktab-gimnaziyasi, Abay nomli maktab-litseyi, „Quralay“ umumiy oʻrta maktabi, Pushkin nomli umumiy oʻrta maktabi bor. 2010-yil Ilyasova Farida Azmedan qizi boshchiligi bilan "Uch tilda bilim beruvchi bolalarga uchun maktab-intarnatning ochilish marosisi boʻldi. Shuningdek tumanda M.X Dulati nomli madaniyat uyi, tuman kutubxonasi, masjid, markaziy kasalxona, shifoxona, sil, teri kasalliklar dispanseri, SES. faoliyat yuritadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz