Tuproqni plantaj plug b-n ishlash




Plantaj , tuproqni plantaj plug bilan ishlash (lot. planto — oʻtqazmoq) — koʻchatzor, tokzor va bogʻ barpo etiladigan yerni plantaj plugda 40—100 sm chuqurlikda haydash. Tokzor, koʻchatzor, oʻrmonzor qilinadigan, mevali daraxtlar ekiladigan yer may-donlarini haydashda, shuningdek, shoʻrxok va qumloq yerlarni oʻzlashtirishda P. usulidan foydalaniladi. Bu usul ekilgan koʻchatlar ildizining yaxshi rivojlanishiga, tuproqda suv rejimining yaxshilanishiga yordam be-radi. Akad. M.V.Muhammadjonov tomonidan gʻoʻza-beda almashlab ekishda hay-dov qatlamini chuqurlashtirish (SO-SO sm) ekinlar hosildorligini oshirish imkoniyatini yaratuvchi "ikkinchi qoʻriq", tuproq unumdorligini taʼminlashning usullaridan biri sifa-tida asoslab berilgan. Plantaj pluglarga chimqirqarlar, har xil balandlikda joylashtirilgan qoʻsh korpuslar va boshqa qismlar oʻrnatiladi; bu qismlar tuproqni chuqur yumshatgani holda uning pastki qatlamini yuzaga chiqarmaydi. Yer 2—3 qatlamli qilib, chuqur haydaladi. Shu bilan bir vaqtda yerga organik va mineral oʻgʻitlar ham solib ketiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz