Tuproq Ostidan Sug‘orish




Tuproq ostidan sugʻorish - tuproqning oʻsimlik ildizi tarqaladigan qatlamini yer osti quvurlari orqali namlash; sugʻorishning istiqbolli usullaridan biri. Bu usulni sabzavot, texnika ekinlari yetishtirishda, bogʻlarda, tokzorlarda va boshqalarda qoʻllash samaralidir. Tuproq ostidan sugʻorishs.da suvni anchagina iqtisod qilishga (30—40%) erishiladi. Tuproq ostidan sugʻorishs.da suv kam meʼyorda, ammo tez-tez beriladi, bu esa oʻsimliklarning yaxshi rivojlanishiga qulaylik tugʻdiradi. Sugʻorishning bu usulida oʻsimliklarning ildiz sistemalari tarqaladigan zonada nam zaxiralari eng koʻp toʻplanadi, ustki qatlam (0—15 sm) esa quruq holda qoladi yoki bir qadar namlanadi. Natijada tuproq betida qatqaloq gʻosil boʻlmaydi, ustki qatlamdan havoning yaxshi oʻtishi taʼminlanadi, begona oʻtlarning oʻsishi va koʻpayishiga sharoit boʻlmaydi. Tuproq ostidan sugʻorishs. uchun tuproq yuqori kapillyarlik xususiyatiga ega boʻlishi, suv beriladigan uchastka tekis boʻlishi shart. Bu usulni yirik donador, toshloq va shoʻrlangan tuproqda qoʻllash mumkin emas. Namlagich sifatida teshikchalari boʻlgan sopol, plastmassa va boshqa quvurlardan foydalaniladi. Suv berish tarziga qarab Tuproq ostidan sugʻorishs bosimli, bosimsiz va vakuumli boʻlishi mumkin. Bosimli Tuproq ostidan sugʻorishs.ni qoʻllash boʻyicha birinchi tajribalar Oʻzbekistonda 20-asrning 30-yillar oxiri — 40-yillarning boshlarida SoyuzNIXI ning Markaziy tajriba melioratsiya styasida, keyinroq Oqqovoq agrotexnika tajriba styasida oʻtkazilgan. 60—70-yillarda Tuproq ostidan sugʻorishs. texnologiyasi va konstruksiyasi turli tuproq tiplarida oʻrganildi. Tuproq ostidan sugʻorishsning tajriba — ishlab chiqarish. tizimlari Mirzachoʻl va Jizzax choʻlining oʻzlashtirilgan yerlarida (kam shoʻrlangan suroʻtloqi yengil tuproqlarda), ularning eng yiriklari Sirdaryo viloyatida 50—200 ga maydonda qurilgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz