TUNUKASOZLIK
TUNUKASOZLIK — tomlarga tunuka qoqish, tunukadan turli asbobanjomlar (pechlar, dudburonlar, ularga qalpoqlar va boshqalar) yasash bilan shug’ullanish kasbi; hunarmandlikning bir turi. Tomga tunuka qoquvchi usta tunukachi , tunukachilik ustaxonalarida tunukadan turli asbob-anjomlar yasovchi mutaxassis tunukasoz deb ataladi. Odatda, mohir tunukachi Tunukasozlik qilib ham ketaveradi yoki aksincha.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz