Tun Yabg‘u
Tun yabgʻu — Gʻarbiy turk xoqonligining hukmdori (618—630).
U Sheguyxon vafotidan soʻng taxtga chiqqan. T.Ya. qobiliyatli sarkarda va davlat boshligʻi boʻlib, faol harbiy harakatlar olib borgan. Janubiy Toxariston (hozirgi Afgʻoniston) va qisman Gibin (hozirgi Pokiston) yerlarini zabt etdi. Bu davrda Gʻarbiy Turk xoqonligi tarkibiga deyarli butun Oʻrta Osiyo, Qozogʻistonning katta qismi, quyi Volga boʻylari, Shimoliy Kavkaz yerlari kirgan. Davlat poytaxti Suyab sh. (hozirgi Toʻqmoq sh. yaqinida) edi.
T.Ya. markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida davlatda maʼmuriy islohot oʻtkazgan. Viloyatlarda nazoratni kuchaytirish uchun oʻz vakillari — tudunlarni yuborgan. Maxalliy xukmdorlarga turkiy unvonlar inʼom etgan. Oʻgʻli Tardushodni Toxaristonga noib qilib tayinlagan. T.Ya. xoqon Eronga qarshi Vizantiya bilan ittifoq tuzgan. 627 yil gʻarbiy turklar tuzilgan shartnomaga asosan, Eronga karam boʻlgan Kavkazorti xududiga hujum qilgan. 627 yili Chor (Darband), 628 yil esa Tiflis (xoz. Tbilisi) zabt etilgan.
630 yil T.Ya. amakisi Kul Bahodur tomonidan oʻldirilgan.
Adabiyot
uz.wikipedia.org