Tumaris




Toʻmaris (mil. avv. VI asr) — Turon xalqlarining axamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur ayol sarkarda.

Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning „Tarix“ (mil. av. 5-asr) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, Toʻmaris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. Toʻmaris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.

Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini va massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda Toʻmarisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. Toʻmaris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafsilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: „Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻklari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (Toʻmaris)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan“.

Toʻmarisning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan „Oysuluv“ dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida Toʻmaris faoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim „Toʻmaris“ qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi. Ibrohim Yusupov „Toʻmaris“ (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida „Toʻmaris oʻyinlari“ festivali oʻtkazilmoqda.

Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Tumaris — qadimgi tarixiy shaxs bo‘lib, u taxminan eramizdan avvalgi VI asrda yashagan. U turkiy xalqlarning qadimgi davrlarida muhim rol o‘ynagan, ayniqsa qadimgi saklar (skiflar) va boshqa shimoliy turkiy qabilalar bilan bog‘langanligi ta’kidlanadi. Tumaris haqida ma’lumotlar arxeologik manbalar, qadimgi tarixiy asarlar va xalq rivoyatlari orqali saqlanib qolgan.

Tumaris ayniqsa qadimgi Xitoy manbalarida "Tu-ma-li" yoki shunga o‘xshash shaklda tilga olingan bo‘lib, u ko‘pincha qabilalarni boshqaruvchi rahbar sifatida eslatiladi. Ayrim manbalarda uning jasorati, qobiliyati va tuzumli davlat barpo etish borasidagi yutuqlari haqida so‘z boradi. Shuningdek, Tumaris ayrim tarixiy qahramonlar bilan bog‘lanib, ularning orqasidagi voqealar va epizodlardan ham xabar beriladi.

Umuman olganda, Tumaris qadimgi turkiy xalqlarning tarixiy merosida muhim va timsoliy shaxs sifatida qaraladi. U O‘rta Osiyo va Osiyoning boshqa hududlaridagi qadimgi qabilalar, ularning madaniyati va siyosiy hayotida alohida o‘rin tutgan.

Agar Tumaris haqida kengroq yoki aniqroq ma’lumot kerak bo‘lsa, iltimos, o‘zingizni qiziqtirgan sohalar yoki tarixiy davrlarni aniqlashtiring — shunda men sizga batafsilroq yordam bera olaman.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz