Tuman tangriqut




Tuman shonyuy , Tuman tangriqut — 1) hunlar davlati hukmdori (mil. av. 240—210 yillar). Xitoy manbalarida Tuman (Touman) shanyuy deb ataladi.

Qadim zamonda "shanyuy" deb oʻqilgan 2 iyeroglif tanyi, tanjiu deb talaffuz etilgan boʻlib, ular tangri soʻzining xitoycha transkripsiyasi edi. Tuman hunlar davlatini imperiyaga aylantirgan, Tuman xoqon xalqini ilk birlikka keltirgan va mil. av. 210—174 yillarda taxtga oʻtirgan Botirtangriqutning (Maodun, Mode), yaʼni Oʻgʻuzxonning otasidir. Tuman xoqon oʻgʻli tomonidan oʻldirilgan. Bunga asosiy sabab Tuman xoqon davrida Ruziye (Yueji, Yuetszi) davlati katta qudratga ega boʻlgan va ushbu davlat bilan tinchlik munosabatini saqlash maqsadida u taxt vorisi boʻlgan katta oʻgʻli Botirtangriqutni garov sifatida Ruziye xonning huzuriga yuborgan va taxtga kichik xotinidan boʻlgan oʻgʻlini oʻtqazmoqchi bulgan. Bundan norozi boʻlgan Botirtangriqut garovlikdan qochib, vataniga qaytib borgach, qoʻshin qoʻmondoni etib tayinlangan. Ushbu imkoniyatdan foydalanib otasi va oʻgay onasi, undan bulgan bolalarni yoʻq qilib taxtni koʻlga olgan (Yana q. Mode xokon); 2) Turk xoqonliginksh asoschisi Bumin xoqonning Xitoy manbalaridagi nomi.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz