TULYAKOV TIMUR TURG’UNBEKOVICH
TULYAKOV TIMUR TURG’UNBEKOVICH (1975.11.2, Qirg’iziston, O’sh viloyati) — bokschi, “O’zbekiston iftixori” (1998). Andijon davlat universitetini tugatgan (2002). Andijondagi sport maktabida murabbiyo’qituvchi (1993— 95), “Dinamo” sport jamiyatida yo’riqchi (1995— 2002). 54 kilogramm vaznda O’zbekiston chempioni (1994, 1997, 2000). Osiyo o’yinlarida 2-o’rinni egallagan (1998, Bangkok), yaxshi niyat o’yinlari g’olibi (1998, NyuYork). 2002 yildan professional boksga o’tgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz