Tulufon




Turfon , Tulufon — Xitoyning shim.gʻarbiy qismidagi shahar, SintszyanUygʻur muxtor rnida, Turfon soyligining shim. chekkasida joylashgan. Aholisi 200 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Neftni qayta ishlash va oziq-ovqat, sement, sanoati korxonalari bor.

Mil. av. 2-asrda T. hunlarga tobe boʻlgan, 6-asr oxiridan Turk xokrnligi. tarkibida, keyinchalik Uygʻur xonligi poytaxti. 1209 yilda moʻgʻullar egallagan. Moʻgʻuliston xoni Vaysxon davrida (1418—25) T. iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha yuksalgan. 15—17-asrlarda Chigʻatoy xonlari qarorgohi boʻlgan. 1758 yilda xitoylar bosib olgan va T. aholisining koʻpchiligi Uch shahri (Uchturfon)ga koʻchirilgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz