Tulkibosh (tuman)





Tulkibosh tumani  — Janubiy Qozogʻiston viloyatida joylashgan. Maydoni 2,3 ming km. Aholisi 107,528 kishi (2013). Tuman markazi — Turar Risqulov qishlogʻi.

Aholisi



Tuman aholisi 2013-yilgi statistika boʻyicha 107,528 kishini tashkil qildi. Aholi zichligi 1 kmga 46,7 kishidan toʻgʻri keladi. Tuamn aholisi koʻp millatli hisoblanadi.

Taʼlim



Tumanda 57 ta maktab bor boʻlsa, uning 42 oʻrta, 5 asosiy va 10 boshlangʻich maktab.

Tarixi



Tulkibosh tumani Sirdaryo okrugiga qarashli, Chimkent uezi, Maylikent boʻlisining hududida, markazi Tulkibosh stansiyasi boʻlib, 1928-yil 17-yanvarda tashkil topganini avxiv hujjatlar tasdiqlaydi. 1930-yili 17-dekabrdagi Qozogʻiston Markaziy Boshqarish Qoʻmitasining farmoniga binoan, shu yilning 23-iyulida Tulkibosh tumani Juali tumanining tarkibiga kirdi. 5-yil Jambul viloyatining tarkibida boʻlib, 1935-yili 9-yanvarda Janubiy Qozogʻiston viloyatining tarkibiga qaytadan, markazi Vannovka qishlogʻi boʻlib qoʻshildi. 1963—1966 yillari Sayram tumaning tarkibida boʻldi. 1928-yildan mustaqillik olgunga qadar tumanni 19-ta kishi boshqargan. Mustaqillikdan hozirgi kungacha tumanni 8 hokim boshqargan.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz