Tulki va quyon




Lisa i zayats (ruscha: Лиса и заяц; tarjimasi „Tulki va quyon“) — Yuriy Norshteyn tomonidan suratga olingan sovet animatsion filmi.

Mazmuni



Qish. Tulki va quyon oʻrmonda yashaydi. Birinchisi „muz kulbasida“, ikkinchisi — „yogʻoch kulba“ da yashaydi. Tulki kulbasi chiroyli, lekin u bahorda kun issib ketishi bilan erib ketadi. Shuning uchun Tulki quyonning uyini tortib olishga qaror qiladi. Jismoniy kuchdagi ustunligidan foydalanib, u hech qanday qiyinchiliksiz Quyondan uyini tortib oladi. Uysiz qolgan Quyon „toʻrt tomoni katta koʻcha“ boʻlib otirganida Boʻrini uchratadi. Boʻri kutilmaganda quyonning ahvolini tushunib, unga bosqinchini quvib chiqarishda yordam berishga qaror qiladi. Ammo tulki ogʻzaki tahdidlar yordamida Boʻrini ham haydab chiqaradi.

Keyin Quyon Ayiq bilan uchrashganda ham voqea takrorlanadi.

Quyonga keyingi yordamni Buqa berishga harakat qiladi. Lekin Buqaning urinishlari ham muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi.

Shundan keyin Quyon Xoʻroz bilan uchrashadi. Xoʻroz ham Tulki bosqinchini quvib chiqarish uchun urinadi. U oʻzining shijoati va jasoratidan foydalanib buning uddasidan chiqadi va Tulkini haydab chiqaradi. Quyon Xoʻrozni oʻzi bilan yashashga taklif etadi va ular hayotlarini birga davom ettiradilar.

Yaratilishi



Lisa i zayats multfilmi rejissor Yuriy Norshteyn va uning rafiqasi rassom Francheska Yarbusova oʻrtasidagi birinchi hamkorlik natijasida yaratilgan edi. Francheska Yarbusova „Animatsiya olami yoki dunyo animatsiyasi“ dasturida filmning taqdim etilishini shunday esladi: Lisa i zayatsni birinchi marta nashr etilishida „quyonning yahudiylarning gʻamgin koʻzlari bor“ligini bahona qilib qabul qilishmadi".

Muallif tomonidan matnni Viktor Xoxryakov oʻqigan.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz