Tulki
Tulki — itlar oilasi sutemizuvchilar bir nechta turining umumiy nomi. Ushbu guruhning faqat 11 ta turigina xususan tulkilar (lotincha: Vulpes) turiga kiritiladi. Eng tanish va koʻp tarqalgan vakili — oddiy tulkidir (Vulpes vulpes). Tulkilar butun dunyo boʻyicha koʻpchilik xalqlarning oʻgzaki ijodida uchraydi.
Itlar filogeniyasi boʻyicha hozirgi zamon tasavvurlariga muvofiq ushbu maqolada foydalanilayotgan izohdagi tulkilar guruhi — polifiletik, shunday ekan, takson sifatida foydalanishga yaroqsiz.
Guruhga kiritiluvchi turlar
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan sabablarga koʻra "tulki" atamasi maʼnosini zoologik turlar qatorida qatʼiy qiyoslash imkoni yoʻq. Umuman olganda, oʻziga xos "tulki" tashqi koʻrinishiga asoslangan subyektiv baholash mezonlariga tayangan holda, quyidagi hayvonlarni tulkilar deb hisoblash mumkin:
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org