Tulenov Jondor




Jondor Tulenov (1928.12.1, hozirgi Janubiy Qozogʻiston viloyatining Sayram tumani — 2002.29.12, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Falsafa fanlari doktori (1962), professor (1963). Toshkent Davlat Universiteti huzuridagi Oliy oʻquv yurtlari ijtimoiy fanlap oʻqituvchilarining malakasini oshirish instituti professor (1971—72). 1972-yildan Toshkent pedagogika instituti falsafa kafedrasining mudiri, ayni paytda 1977—85 yillarda institutning ilmiy ishlar boʻyicha prorektori. Ilmiy ishlari dialektika, bilish nazariyasi, ijtimoiy falsafa masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1981). "Shuxrat" medali bilan mukofotlangan (1994).

Manbalar




Ad. Tashpulatov A., Burabayev M., Akademik Jandar Tulenov (filosofiya jizni i tvorchestva), Almati, 2002.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz