TUL
TUL, esir, beva — eri vafot etib, bolalari bilan qolgan ayol. Tul shariat bo’yicha eridan qolgan mulkning (merosxo’rlar va bolalarning ozko’pligini hisobga olib) 1/4 — 1/8 miqdorini (Hashtiyak) olgan, agar qayta turmush qurmoqchi bo’lsa, idda muhlatini o’tkazgandan so’ng erga tekkan. Ba’zi hollarda yosh bolalarni etim qilmaslik hamda mulkning bo’linib ketmasligini ko’zlab vafot etgan kishining ukasi yoki qarindoshi Tulga uylangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz