Tukli smorodina




Yoʻl-yoʻl smorodina , yoki tukli s morodina (lotincha: Rībes heterotrīchum) — smorodina turkumiga mansub tur.

Tarqalishi



Oltoyda, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Xitoyda hamda Pokistonning shimolidagi togʻ yonbagʻirlarida, dengiz sathidan 1500-3000 metr balandlikda oʻsadi.

Botanika tavsifi



Tukli smorodina boʻyi 1,5 metrga yetuvchi ikki uyli buta. Kurtaklari jigarrang, tuxumsimon naysimon yoki choʻzinchoq, uzunligi 4-5 mm.

Barglari yumaloq, 3-5 boʻlakli, asosi keng tirnoqsimon, ikki tomoni bezlar bilan qoplangan.

May-iyun oylarida gullaydi. Guli tik, changchili gulning uzunligi 5 sm, urugʻvhili gul qisqaroq (3 sm gacha).

Mevalarining diametri 4-6 mm qizil yoki qizil-sariq sharsimon rezavor. Iyul-avgust oylarida pishib yetiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz