Tukli ari va asalari o’rtasida nima farq bor?
Tukli ari va asalari bir guruhga mansub bo’lib, turdosh hasharotlardir. Ular o’rtasida talay umumiy chizgilar mavjud, biroq ancha farq qiladigan jihatlar ham bor. Tukli arining tusi yorqin, ko’zga yalt etib tashlanadi, bir necha marta chaqa oladi, mehnatkash asalariniki faqat bitta, nega desangiz ular nishli tukini tortib ololmaydi. Asalarilar mumkatakdan mum ajratib chiqaradi, gullardan yig’ilgan mumkatagidagi asal bilan oziqlanadi. Tukli ari nektar, mevalar suvi bilan oziqlansa-da, asal ajratib chiqarmaydi, qog’oz, o’tlardan o’ziga uya yasaydi. Asalari vegetarian, ya’ni et yemaydi, tukli ari esa yirqich bo’lib, chivin va kapalak qurtlarini yeb kun kechiradi. Tukli ari va asalari orasida yolg’izlari bo’lib, ular onasi atrofida birlashmaydi. Oilada yashayotganlari orasida sezilarli gradatsiya (bir holatdan ikkinchi holatga o’tishidagi izchillik) mavjud. Ona asalari qishni o’z uyasida o’tkazadi, ishchi asalarilar esa unga har tomonlama mehribonlik ko’rsatadi. Tukli ari onasi esa qishni yolg’iz o’tkazadi. Uning o’zi uya quradi, lichinkalari yordam berishga qodir hasharotlarga aylanmagunga qadar kutib o’tiradi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz