TUKANLAR (Rhamphastidae) — qizilishtonsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 37 turni birlashtirgan 5 urug’i bor. Eng katta vakili — katta tukan uzunligi 60 santimetrcha; tumshug’i —15—17 santimetr. Patlari turli rangda va juda chiroyli. Monogam qush. 1 — 4 ta tuxum qo’yadi. Tuxumini nari va modasi navbat bilan bosadi. Bolalari 6— 8 haftada uchirma bo’ladi. Markaziy va Janub Amerikadagi tropik o’rmonlarda yashaydi. Tukanlar, asosan, mevalar, qisman umurtqasiz hayvonlar, mayda sudralib yuruvchilar, qushlar tuxumi hamda bolasi va boshqalar bilan oziqlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish