TUKAL XONIM



TUKAL XONIM (?-1408) Amir Temurning xotinlaridan biri. Mo’g’uliston xoni Xizrxo’janing qizi. 1397 yil Sohibqiron Konigilda katta to’y qilib, Tukal xonimni o’z nikohiga kiritgan. Tukal xonim Haramda (xon qizi bo’lgani tufayli) Saroymulkxonimdan keyingi o’rinda, ya’ni “kichik xonim” deb atalgan. 1397 yil Sohibqiron Tukal xonim sharafiga Samarkandda “Bog’i Dilkusho”ni barpo qilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz